"Barselona" Dembele bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Sherzod Nurmatov
26 avg 2021, 21:35
"Barselona" va hujumchi Usmon Dembele muzokaralarning so'nggi bosqichiga yetib kelishdi.

Manbaning xabar berishicha, 24 yoshli fransiyalik "ko'k-anorranglilar" bilan kelishuvini kamida yana 3 yilga uzaytiradi.

Tomonlarning amaldagi kelishuvi mavsum oxirida tugaydi. 

 Dembele "Barsa"da 2017 yildan beri to'p tepmoqda. U 118 o'yinda 30 ta gol urdi va 21 golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo