"Barselona" "Atalanta" o'yinchisi Romeroga qiziqmoqda
29 iyu 2021 20:39
Yangiliklar
"Barselona" "Atalanta" o'yinchisi Romeroga qiziqmoqda
Jurnalist Ferran Martines malumotiga ko'ra, "Barselona" "Atalanta" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kritian Romeroga qiziqish bildiryapti.
Manbaning xabar berishicha, kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab futbolchini to'liq transfer qila olishmaydi, biroq uni ijaraga olishga urinishadi.
Hozirgi paytda muzokaralar jarayoni olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Romero iyulda Argentina termasi bilan Amerika Kubogini yutdi. Ushbu sovrin argentinaliklar uchun 1993 yildan keyin qo'lga kiritilgan birinchi mukofot bo'ldi.
Fikrlar