"Barselona" 19 yoshli vinger de la Fuenteni 3,5 mln evro evaziga "Marsel"ga sotadi
21 iyu 2021 14:03
Yangiliklar
"Barselona" 19 yoshli vinger de la Fuenteni 3,5 mln evro evaziga "Marsel"ga sotadi
"Barselona" vingeri Konrad de la Fuente faoliyatini Franciya chempionatida davom ettiradi.
"Marsel" AQSH terma jamoasining 19 yoshli o'yinchisi borasida kelishuvga erishdi. Klub futbolchi uchun taxminan 3,5 mln evro to'laydi va 4 yillik shartnoma imzolaydi.
De la Fuente ushbu haftada Provansal klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Barselona B" o'yinchisi o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar"ning bosh jamoasida debyut qilgan edi. U CHempionlar Ligasi doirasida 2ta va Ispaniya Kubogi doirasida 1ta o'yin o'tkazdi, har uchchala holatda ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Fikrlar