So’nggi yangiliklar

16:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  34 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  6 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  2 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  25 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  3 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3

"Barsa" uchun bahsli dedlayn: Obameyang "CHelsi"ga uchdi, Depay va Alba baribir qolishdi Yangiliklar

"Barsa" uchun bahsli dedlayn: Obameyang "CHelsi"ga uchdi, Depay va Alba baribir qolishdi

Balki "Barselona" yozgi transfer oynasida eng katta shov-shuv ko'targan jamoadir.

Ularning dedlaynda ham eng faollardan biri bo'lgani hayratlanarli emas.


Ramziy va "Barsa"ga yaqin bo'lgan jurnalist Jerar Romeroning malumotiga ko'ra, sport direktori Mateu Alemani oxirgi soatlarda bosim ostida ishlashni yaxshi ko'radi — bu unga o'lchovli va xotirjam muzokaralardan ko'ra ko'proq yoqadi.


"Barsa" transfer oynasining so'nggi mana qanday ishladi.


Per-Emerik Obameyang — "CHelsi"dan Markos Alonsoga almashinuv + 14 mln evro


"Barselona" va "CHelsi" butun yoz davomida qattiq ishlashdi — ham muzokarachilar sifatida, ham bir xil o'yinchi uchun raqobatchi sifatida. Dedlayn kunida ular hujumchi Per-Emerik Obameyangni himoyachi Markos Alonsoga 14 mln evro qo'shimcha to'lov bilan almashishga kelishishdi — gabonlikning "Barselona"ga yarim yil oldin erkin agent maqomida kelganini hisobga olsak, yomon emas.


"CHelsi" esa hattoki yaqinda jarohat olgan hujumchini oldi. Qo'rqinchli voqea: yaqinda o'g'rilar uning uyiga kirishdi va 700 ming evrolik narsalarni olib ketishdi, gabonlik o'z rafiqasini himoya qilishga uringanda esa talonchilar uning jag' suyagini sindirishdi. "Bu tuyg'uni tushunish va tasvirlab berish qiyin — biz ortiq o'z uyimizda xavfsizlikda emasmiz. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, bu biz uchun haqiqatdan ham ko'p narsani anglatadi", — deb yozdi Obameyang ijtimoiy tarmoqda.



Per-Emerik Tomas Tuxelning oldiga yo'l oldi — ular birgalikda "Dortmund"da ishlashgan. Aynan Tuxel Obameyangni vingerdan markaziy hujumchiga aylantirgan.


Martin Breytueyt — shartnomani bekor qilish


Martin Breytueytning "Barselona"dagi afsonaviy davri yakunlandi, hujumchi klub safida La Ligadagi 44ta o'yinda 5ta gol urdi. Daniyalik "Barsa"ga noyob scenariyda kelgan — uni transfer oynasi yopilganidan so'ng xarid qilishgan.


Barchasi qonuniy: La Ligada shunday qoida borki, jamoaning biror futbolchisi jiddiy jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan bo'lsa, klub o'yinchi xarid qilishi mumkin. Jarohat olgan Usmon Dembele edi, Breytueyt esa shunday qoida bilan "Leganes"dan 18 mln evro (tovon puli) evaziga olingan. 


Martin hayron qoldirishga vada berdi: "Muvaffaqiyatga erishishimni bilaman. O'zimga ishonaman, taqdir shunaqa. Meni "Barselona"ning taklif qilishi hayron qoldirmadi", — deydi forvard 2021 yilning fevralida. Daniyalik o'tgan yilgi o'yinlardan biridan so'ng maoshini ko'tarishni talab qilgan, aks holatda shartnomani bekor qilishga vada bergan.



Avgustda klubning o'zi Martin bilan mehnat shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishni xohladi, ammo u futbolchi qattiq poziciyada turib oldi va kamida 5 mln evro tovon puli talab qildi — shartnoma bo'yicha maoshning qolgan qismi. "Pumas"ga qarshi Joan Gamper Kubogi oldidan kataloniyaliklar muxlislari Breytueytga klubdan ketishni rad etayotgani uchun hushtak chalishdi. "Barsa" baribir o'zi xohlaganiga erishdi.


Breytueyt darhol "Espanol" bilan shartnoma imzoladi. Baribir Barselonada qoldi.


Ektor Belerin — erkin agent


Ektorni birinchi marta "Barsa" bilan avgustning o'rtalarida bog'lashdi — o'shanda o'yinchi Xaviga taklif qilingan va u ehtimoliy o'tishni maqullagandi. Belerin "Barselona"ga o'tish xohishi sabab "Atalanta", "Sassuolo" va "Udineze"ning taklifiga rad javobini berdi.


"Arsenal" Belerinni tekinga qo'yib yubordi, ammo qiziq bir jihat bor. Jurnalist Toni Xuanmartining xabariga ko'ra, londonliklar Ektorning keyingi sotuvidan 25% olishadi, shuningdek o'yinchining ishtirokiga qarab bonuslar belgilangan.



Belerin — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U klub tizimida 2003-2011 yillar davomida bo'lgan va o'sha erda "Arsenal"ga o'tgan. "Barselona" mayda u "Betis"da ijarada o'ynagan paytida shartnoma imzolashi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi.


Serjino Dest — "Milan"ga ijara


Dest iyuldan beri sotuvlar ro'yxatida edi. Turli paytlarda uni "CHelsi" va MYU bilan bog'lashdi, Erik ten Xag esa Destni jamoasida ko'rishni xohlagandi. Angliya klublaridan tashqari Xuan Foytning ketishidan so'ng o'rinbosar izlagan "Vilyarreal" himoyachiga taklif bilan chiqdi, ammo klublar kelishuvga erishishmadi. Destning o'zi klubda qolishni xohladi.


Xavi sotuvni talab qildi — avgust o'rtalarida aniq gap aytdi: "Barsa" Aspilikueta bilan shartnoma imzolashni xohlagandi, ammo Arauxo, Roberto va Kunde bor. Dest esa qanday vaziyatligini biladi".



Yakun — 20 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijara.


Jorji Alba — "Inter"ga ijaraga ketmadi


Balki, eng kutilmagan figura. Bu haqda Jerar Moreno birinchi bo'lib xabar berdi: yillik ijara va "Barsa"ning 60% maoshni to'lashi. "Inter" uchun ideal shartlardek.


Bitim g'oyasi qaerdan keldi? Hammasi oddiy: maoshlar miqdorini pasaytiish. "Barsa" Albani ijaraga bergan holda, qo'shimcha o'yinchilar uchun pul izlashga urindi. CHap qanot ham to'lgan: yosh Alek Balde bor va endi Markos Alonso keldi.



CCMA xabariga ko'ra, Alba hayratda qolgan. U tasodifan muzokaralar haqida bilib qolgan: uning agentiga Alonsoning transferi bilan shug'ullanuvchi vositachilar xabar qilishdi. Jordining vakillari "Inter" bilan aloqaga chiqishdi — ular "Barsa" Albadan qutulishga urinayotganini tasdiqlashdi. Dedlaynda himoyachi Xavi bilan uchrashishni rad etdi.


Xunuk voqea.


Memfis Depay — "CHelsi" baribir uni olmadi


Depay turli qutblarda edi: kimdir uning "Barsa"da hatto olti-etti hujumchi bo'lib ham jamoada qolishini aytdi, yana kimdir "Yuventus"ga o'tish bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi (italiyaliklar yakunda "Marsel"dan Arkadiush Milikni tanlashdi).


Ammo, yakun zerikarli — Memfis Ispaniya va Angliyada transfer oynasi yopilishiga bir soat qolganda barchani uxlashga yubordi: "Barselona"da qolishga qaror qildim! Klubning sport muvaffaqiyatlarida o'z hissamni qo'shishga to'liq etiborimni qaratganman".



Dedlaynda Depayni faqatgina "CHelsi" bilan bog'lashdi, ammo Tuxel shogirdi bo'lmish Obameyangni o'z safiga jalb qildi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика