Barezi eng yaxshi himoyachi haqida gapirdi
10 may 2020 08:04
Yangiliklar


Barezi eng yaxshi himoyachi haqida gapirdi
“Milan” va Italiya terma jamoasining himoyachisi Franko Barezi zamonaviy futbolda himoyachilarning roli haqida gapirdi.
“O'ylashimcha, so'nggi 15-20 yil davomida himoyachilarga boshqacha talablar qo'yila boshlandi. Asl ishqibozlar ularning ahamiyatini yaxshi bilishadi va qadrlashadi.
Bu borada kimnidir tilga olmoqchi bo'lsangiz, ayni paytda shubhasiz Van Deykni ko'rsatgan bo'lardim. U ajoyib mahorat, xarakter va kuchga ega. Himoyachida aynan shunday jihatlar bo'lishi lozim. Aynan shu jihatlari bilan u “Liverpul”dek klubda muvaffaqiyat bilan etakchilik qilmoqda”, dedi Barezi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar