Barcali: "Ko'pchilik "Yuve" kiyinish xonasidagi janjal haqida yozdi, biroq biz haqiqatni bilamiz"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 18:45
"Yuventus" himoyachisi Andrea Barcali "Milan"ga o'tgan sobiq jamoadoshi Leonardo Bonuchchi bilan xayrlashdi.

"Biz birgalikda fantastik yillarni o'tkazdi, bu yillar g'alaba va buyuk muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Bir-birimizni kuchaytirdik.

Seni kiyinish xonasida uchratmaslik g'alati. Ko'pchilik so'nggi vaqtlarda futbolchilar o'rtasida janjal bo'lganini tasvirlashga urindi. Ammo biz haqiqatni bilamiz. Yangi sarguzashtlaringda omad tilayman, Leo" - deydi Barcali.

Oldinroq xorij OAV "Yuventus" kiyinish xonasida janjal sodir bo'lgani haqida e'lon qilgan edi.

Bonuchchi "Yuventus" sirlarini ocha boshladi

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com