So’nggi yangiliklar

18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  1 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  5 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  1 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  1 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  0 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  5 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  2 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  16 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  18 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  7 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  7

"Baniyas" bosh murabbiyi o'yindan oldin nimalar dedi? Yangiliklar

"Baniyas" bosh murabbiyi o'yindan oldin nimalar dedi?

Bugun OCHL o'tish bosqichidan o'rin olgan "Baniyas" - "Nasaf" bahsi bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan 21:15da boshlanadigan uchrashuvda kim g'alaba qozonsa, shu jamoa guruh o'yinlariga yo'l oladi. Kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Baniyas" bosh murabbiyi Daniel Isaila qatnashib, savollarga javob qaytardi. 

Ruminiyalik murabbiy o'z fikrlarini quyidagicha boshladi:

- Bu biz uchun muhim o'yin bo'ladi. CHunki OCHL guruh bosqichiga chiqishimiz faqat shu o'yinga bog'liq. CHempionlar ligasida ishtirok doim iliq hissiyot beradi. "Nasaf" bilan kechadigan bahsda o'zimizni ko'rsatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Men o'z paytida Ruminiya U-21 terma jamoasini boshqarib yaxshi natijalarga erishganman. Endi bo'lsa OCHLda ham o'zimni ko'rsatishni xohlayman. Bu menga yangi motivaciya beradi. 


- Raqib haqida qanday fikrdasiz? 

- "Nasaf"ni yaxshi o'rganishga harakat qildik. Ularga gol urish birmuncha qiyin deb o'ylayman, chunki jamoaning himoya chizig'i chakki emas. Qolaversa raqibni o'rganish jarayonida tezkor futbolchilari borligiga guvoh bo'ldik.


- Tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Bor. Asosiy himoyachimiz Hussayn Abbos jarohat olgan va o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. U himoyachi bo'lishiga qaramay 12ta gol urdi. Lekin "Nasaf" bilan bellashuvda boshqalar gol uradi deb o'ylayman. Jamoa bilan yig'ilib hammasini muhokama qildik, yigitlar o'yinga tayyor.


- Sizningcha, "Nasaf"ning kuchsiz tomoni nimada?

- Avvalo meni o'z jamoamning holati qiziqtiradi. Afsuski, hozirgi paytda zaxiramiz keng emas. Guruh bosqichiga chiqsak, qiynalib qolishimiz mumkin. Lekin ungacha pley-offdan o'tishni hal qilish kerak. Yana qaytarib aytaman, biz "Nasaf"ni hurmat qilamiz, yaxshi jamoa, ammo CHempionlar ligasi guruh o'yinlariga borishni orzu qilyapman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика