Balotellini ortiqcha vazn muammosi qiynayapti
10 iyu 2020 20:45
Yangiliklar
Balotellini ortiqcha vazn muammosi qiynayapti
Italiyaning "Breshiya" klubi rasmiy saytida jamoa hujumchisi Mario Balotelli haqidagi malumotlar yangilandi.
Bo'yining balandligi 190 santimetrni tashkil qiladigan futbolchining og'irligi 99,8 kilogramm qilib ko'rsatilgan.
"29 yoshli hujumchi keragidan 8 kilogramm ortiqcha vazn to'plagan", deb xabar qildi Football Italia nashri.
Eslatib o'tamiz, Balotelli joriy mavsum davomida "Breshiya" rahbariyati bilan bir necha bor mojarolarga duch keldi. Klub rahbarlari futbolchiga shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilishni taklif etdi, biroq Mario rad javobini bergan.
Fikrlar