Balotelli "Milan"ni ushlab turgan insonning kimligini aytdi
26 sen 2023 20:50
Yangiliklar
Balotelli "Milan"ni ushlab turgan insonning kimligini aytdi
"Milan"ning sobiq futbolchisi Mario Balotelli jamoaning ushbu mavsumdagi holati haqida gapirdi.
Uning fikriga ko'ra, agarda Rafael Leau tarkibda bo'lmasa, "Milan"da sifat yo'qoladi.
"Buni biz ECHL yarim finalida "Inter"ga qarshi o'yinda ko'rdik. O'shanda Leau jarohat olib, birinchi o'yinni o'tkazib yuborganidan keyin "Milan" ilk daqiqalardayoq ikkita gol qo'yib yuborgandi.
Menga Pioli yoqadi. U ham zo'r murabbiy, biroq "Milan" Leausiz g'alaba qozonishi juda qiyin", - dedi Balotelli.
Bunga qadar Franciya va Portugaliyada faoliyat olib borgan Rafael "Milan"da 2019 yildan beri o'ynamoqda.
Fikrlar