Balotelli: “Kulish uchun boshqa ahmoqni toping”
25 iyu 2014 19:35
Yangiliklar
Balotelli: “Kulish uchun boshqa ahmoqni toping”
Italiya terma jamoasi hujumchisi Mario Balotelli, o'z nomiga yog'ilayotgan tanqidlarga o'zining rasmiy tvitter sahifasida javob berdi.
“Men Mario Balotelli, 23 yoshdaman va italiyalik bo'lishim – bu mening tanlovim emas. Italiyada tug'ilib, o'sganman. Men mundialda ishtirok etmoqchi edim, shuning uchun ham hozir o'zimdan hafaman. Ha sizlar haqsiz, men Kosta-Rika bilan uchrashuvda gol urishim mumkin edi. Xo'sh davomi nima? Muammo nimada? Bu safar men o'zimni hafa qildirib qo'ymayman, chunki Italiya terma jamoasida borimni berib o'ynadim va xatolarga yo'l qo'ymadim. SHu sababli kulish uchun boshqa ahmoqni topinglar.
Balotellining vijdoni toza va men boshimni ko'tarib yura olaman, kelajakda bundan ham kuchli bo'laman. Men sizlarning mamlakatingizda o'ynaganimdan faxrlanaman. Yoki sizningcha men italiyalik emasmanmi. Afrikaliklar barcha aybni o'z og'a-inilariga yuklamaydi. Hech qachon. SHuning uchun biz qora tanlilar, bizni shunday ataysizlarku, ancha oldindamiz. SHarmandalik – bu gol ura olmagan, sekin yoki tez ishlagan emas. SHarmandalik – bu boshqa narsa. To'g'rimi, haqiqiy italiyaliklar?” – deb yozadi Balotelli.

Fikrlar