Bakayoko "Milan"ga qaytdi
30 avg 2021 21:20
Yangiliklar
Bakayoko "Milan"ga qaytdi
"CHelsi klubi yarim himoyachi Temua Bakayokoning "Milan"ga o'tganini malum qildi. 27 yoshli yarim himoyachi keyingi ikki mavsumni ijara asosida Milan klubida o'tkazadi.
Bakayoko "Milan"da 2018/2019 yilgi mavsumda ham ijara asosida o'ynagan. "Rossonerlar" safida franciyalik futbolchi 42 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan hamda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchi oxirgi ikki mavsumni ham ijara asosida o'tkazdi.
Transfermarkt portalining xabariga ko'ra, "Milan" ikki yillik ijaradan so'ng, malum shartlar bajarilgan taqdirda, Bakayokoni sotib olishi majburiyatini olgan.
Fikrlar