So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Bakayoko Gattuzo bilan bo'lgan janjal haqida bayonot berdi Yangiliklar

Bakayoko Gattuzo bilan bo'lgan janjal haqida bayonot berdi

"Milan" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Instagram" sahifasi orqali "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning 36-tur o'yinida jamoa ustozi Jennaro Gattuzo bilan bo'lgan kelishmovchilik borasida bayonot berdi.

"Bir necha haftadan beri OAV men haqimda yozmoqda, ammo hech narsa demaslikka va ishlashda davom etishga qaror qildim. Biroq "Bolonya"ga qarshi bahsda sodir bo'lgan voqea haqida matbuotda yozilganlarga javob berishim kerak. Meni maydonga tushishni istamaydigan va murabbiy hamda jamoadoshlarini hurmat qilmaydigan futbolchi sifatida ko'rsatishlariga jim qarab tura olmayman.

O'sha bahsni zaxirada boshladim, ammo menga 5 daqiqa berishsa ham borimni berib o'ynashga tayyor edim. Lukas jarohat olganida maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishimni aytishdi. Men tezda mashg'ulotlarga kirishdim. Ikki yoki uch daqiqadan so'ng maydonga tushishga tayyor edim, ammo keyin zaxiraga qaytishim kerakligini aytishdi. Bu 23 va 26-daqiqalar orasida sodir bo'ldi.

O'rindiqqa qaytganimda murabbiy menga murojaat qildi va umuman kutilmagan so'zlarni aytdi. Men esa Gattuzo aytganini takrorladim. Bori shu. Keling aniqlashtirib olamiz: Men hech qachon mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortmaganman. Hammasi videoda ko'rinib turibdi.

Men shunchaki jamoadoshlarimga yordam bermoqchi edim va buni bajarishda davom etaman. Olg'a, "Milan" - deb yozdi Bakayoko.


Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Bolonya" uchrashuvidan so'ng Italiya matbuotida Gattuzo va Bakayoko o'rtasida sodir bo'lgan voqea haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ularda aytilishicha, Bakayoko maydonga chiqishdan oldin shug'ullanishdan bosh tortgan. SHu sababli Gattuzo Temue o'rniga boshqa futbolchini tushirgan. Bundan tashqari Bakayoko bosh murabbiyni haqorat qilgan ekan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика