Bakari Sanya: “Yanvarda “Arsenal”dan ketishim ham mumkin”
16 dek 2013 10:28
Yangiliklar


Bakari Sanya: “Yanvarda “Arsenal”dan ketishim ham mumkin”
Mavsum tugashi bilan erkin agentga aylanadigan “Arsenal” klubi himoyachisi Bakari Sanya, qishki transferlar oynasi mobaynida londonliklar safidan ketishi mumkinligini rad etmayapti.
“Yangi shartnoma bo'yicha klub bilan haligacha muzokara olib borayapmiz. Men bu erda o'zimni erkin his etaman va muzokaralar ko'ngildagidek yankunlanadi deb umid qilaman.
Biroq muzokaralar natija bermasa, yanvarda boshqa klub bilan shartnoma imzolashim ham mumkin.
“Arsenal” menga o'z uyimdek bo'lib qolgan, shu sababli kelajakda bu klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman”, - deydi franciyalik mutaxassis.
Takidlab o'tamiz, “Arsenal”da olti mavsum davomida o'ynab kedayotgan Sanya, “kanonerlar” safida 250 ta o'yin o'tkazan.

Fikrlar