So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  26 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

Bahsli vaziyat. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" o'yinidan so'ng hakamlar nega chetlatildi? Yangiliklar

Bahsli vaziyat. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" o'yinidan so'ng hakamlar nega chetlatildi?

Rustam Bobomurodov va Olim Tolibjonovdan keyin bu safar butun boshli hakamlar brigadasi chetlatildi. Bu voqea "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" o'yinidan so'ng ro'y berdi.

Oliy liganing 24-turidan o'rin olgan bahsda ishlagan hakamlar brigadasi - bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Nabi Ro'zimov bilan Bahodir Bahromov, zaxira hakami Asker Najafaliev, ularga qo'shilib hakamlar nazoratchisi Igor Nexochin - xullas hamma to mavsum oxirigacha futboldan chetlatildi.

Sodir bo'layotgan voqealarni kuzatar ekansiz, nima uchun birin-ketin hakamlar chetlatilyapti degan savol tug'iladi. O'FF, PFL saytlarida mazkur brigadaning nima sababdan chetlatilgani haqida to'liq malumot berilmagan. Faqat xabarda shunday yozilgan: 

"Oliy liga 24-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinidagi hakamlik darajasi yuzasidan O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi favqulodda yig'ilish o'tkazdi. Unda 14 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinini boshqargan hakamlar brigadasining ishi o'rganib chiqildi".

"O'FFning hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tarkibidagi ilmiy-uslubiy taminoti bo'limi mazkur o'yinda bosh hakam sifatida ishlagan Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov hamda Nabijon Ro'zimovning hakamligini alohida ko'rib chiqdi. Natijada Vladimir SHtern boshchiligidagi guruh maydondagi barcha hakamlar uchrashuvni sifatsiz boshqargan va o'yin tizginini qo'ldan chiqargan deb baholadi".

"SHu asosda hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro'zimov, to'rtinchi hakam Asker Najafalievlarni O'zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligi bahslaridan mavsum oxirigacha chetlatish haqida qaror qabul qildi".

"Hakamlar brigadasi azolariga bahoni ko'tarib qo'ygani uchun o'yin inspektori Igor Nexochin ham O'zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligidan mavsum oxirigacha chetlatildi".


Endi yana asosiy savolga qaytamiz: Hakamlar brigadasi nima sababdan chetlatildi? Malumki, bu o'yinda "Paxtakor" 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yindan so'ng nazoratchi Igor Nexochin hakamlarga quyidagicha baho qo'ygan: 

Vadim Agishev (Toshkent) – 8,4, Nabi Ro'zimov (Toshkent) – 7,7, Bahodir Bahromov (Toshkent) – 7,6, Asker Najafaliev (Toshkent) – 9.

Ko'rib turganingizdek, bosh hakam yomon ball olmagan, u 4 bahoga loyiq ko'rilgan. Qanot hakamlariga minus to'rt yoki uch baho qo'yilgan deya olamiz. Zaxira hakami esa besh bahoga ishlagan. SHunga qaramay, ular mavsum oxirigacha chetlatildi. Nazoratchi hakamlar bahosini atayin ko'tarib qo'ygan bo'lishi mumkinmi? 

O'FF va PFL saytidagi xabarga ko'ra, uchrashuvda nazoratchi vazifasini bajargan Igor Nexochin hakamlar bahosini ko'tarib qo'ygan. Nahotki shunday bo'lsa? Axir buning uchun jiddiy asos bo'lishi kerak. Bahoni ko'tarib qo'ygandan Nexochinga nima foyda? 

Vaziyatlarga etibor beradigan bo'lsak, shu uchrashuvda jamoalarning uchta goli hisobga olinmagan: "Paxtakor"ning ikkita va "Qo'qon-1912"ning bitta. Har uchala gol ham "ofsayd" (o'yindan tashqari holat) tufayli bekor qilingan. Malumki, futbolda o'yindan tashqari holat bor-yo'qligini aniqlash ko'p hollarda qanot hakami chekiga tushadi, chunki yon tomondan ularga yaxshiroq ko'rinadi. To'g'ri, har qanday holatda ham yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi, biroq u yordamchilariga tayanmasdan yakka o'zi qaror chiqara olmaydi. Biz shuning uchun ham HAKAMLAR BRIGADASI deymiz.

Yuqorida uchta gol hisobga olinmaganini aytib o'tdik. Demak, bir boshdan boshlaymiz. Uchrashuvning 6-daqiqasida "Qo'qon-1912" futbolchisi Filipp Rayevac hisobni ochadi. Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat yo'q edi va bemalol aytishimiz mumkin, bu erda qanot hakami Bahodir Bahromov xatoga yo'l qo'ygan. 


Bu erda ofsayd bormi? 

Keyingi vaziyat 35-daqiqada ro'y beradi. Bu safar "Paxtakor"ning goli hisobga olinmaydi. Bu gal Nabi Ro'zimov bayroqchasini ko'taradi va ofsaydni belgilaydi. Lekin u bayroqchasini to'g'ri ko'targan, chunki chindan ham Igor Sergeev o'yindan tashqari holatda edi. 


Sergeev o'yindan tashqari holatda turibdimi? 

70-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borayotgan "Paxtakor" yana to'p kiritadi. Dastlab jarima maydonchasi tashqarisidan maydon egalari futbolchisi zarb bilan to'pni darvoza tomon yo'llaydi. Darvozabondan qaytgan to'p Igor Sergeevga kelib tushadi, natijada u to'pni o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Bezerraga etkazib beradi va braziliyalik futbolchi bu vaziyatdan unumli foydalanadi. 


Sergeevda ofsayd bormidi? 

Ammo Bahodir Bahromov bu safar ham bayroqchasini ko'tarib, Sergeevni o'yindan tashqari holatda qolgan deya baholaydi. SHu erda qanot hakami ikkinchi bor adashadi. U birinchi taymda "Qo'qon-1912"ning golini hisobga olmagandi, ikkinchi bo'limda esa "Paxtakor"ning golida "ofsayd" ko'rsatadi.

SHunday bo'ldiki, bitta qanot hakamining qo'pol ikkita xatosini deb butun boshli brigada futboldan chetlatildi. Ikkita qo'pol xato tufayli Bahodir Bahromov o'zi bilan bosh hakam va narigi qanot hakamini "tortib ketdi" deylik, lekin zaxira hakamida nima ayb? Bu erda to'rtinchi hakam qanday qo'pol xatoga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin? Axir u 90 daqiqa davomida maydon tashqarisida turgan-ku. 


Bahodir Bahromov ikkita golni hisoblamadi

Masalaning shu jihatlariga etibor qaratgan holda nima sababdan ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'ygan qanot hakami emas, balki butun boshli brigada chetlatilyapti? O'ylaymizki, bu savolga ham tez orada javob olamiz. 

Bugun Bahromovdan tashqari qolgan uch nafar hakamning fikrlarini eshitishga muvaffaq bo'ldik. Quyida ularning qisqacha fikrini keltirib o'tamiz. SHu o'rinda aytishimiz kerak, bizning qaror chiqarishga haqqimiz yo'q, biz faqat muammo va bahsli vaziyatlarni ochib berishga harakat qilyapmiz. 

Vadim Agishev (bosh hakam): - Ishda hamma xato qiladi, xato qilmaydigan odamning o'zi yo'q. Hakamlikda ham shunday. Kamdan kam hakamlargina o'yinni bexato boshqarishlari mumkin. Men o'zimni o'sha o'yinda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydim deb hisoblamayman. Maydonda nimani ko'rgan bo'lsam, shunga qarab qaror chiqardim. Men uchun oliy liganing har bir o'yini finaldek gap. Har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'raman. Tan olish kerak, bu uchrashuvda qanot hakami qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Uning o'yinga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Hammamiz insonmiz, toliqish hammada bo'lishi mumkin, ammo o'zimni o'sha o'yinni qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan holda boshqardim deb o'ylamayman". 

Nabi Ro'zimov (qanot hakami): - O'yin tugaganidan so'ng nazoratchi oldimizga kelib xatolarni tushuntirdi va bizga baho qo'ygach, hammamiz tarqaldik. Men Sergeevning hisobga olinmagan golini keyinchalik takroriy vaziyatda ko'rdim va o'yindan tashqari holat borligiga yana bir karra amin bo'ldim. Lekin maydonning narigi tomonidagi sherigim ishiga baho bera olmayman. Men faqat maydonning bu qismi uchun javobgarman. To'g'risi, hakamlar brigadasini mavsum oxirigacha chetlatish men uchun kutilmagan voqea bo'ldi. Bu haqda tanishlarimdan eshitdim. Ular internetdan o'qib keyin menga telefon qilishdi. Bu yil hakamlik faoliyatimni tugataman, ammo uni chiroyli yakunlab qo'yishni istagandim". 

Asker Najafaliev (zaxira hakami): - Hozir o'qishdaman, shu bois bu haqda bir narsa deyishim qiyin. Men uchrashuvda zaxira hakami vazifasini bajarib, o'yinga aralashmagan bo'lsam, nimaga meniyam chetlatishdi hayronman. Lekin bizni hali federaciyaga chaqirib izoh so'rashgani yo'q. CHaqirishsa boramiz". 

Yana ozgina O'FF va PFL saytidagi xabarga qaytamiz, xabarda yozilishicha, "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi hakamlar brigadasi o'yinni sifatsiz boshqargani uchun chetlatildi deb yozilgan. Endi savol tug'iladi: mana shu 24-turda ettita o'yin bo'lib o'tgan bo'lsa, o'yinni sifatsiz boshqarish faqat "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" bahsida kuzatildimi yo boshqa joylardagi o'yinlarda ham shunday bo'lganmikan? 

Kim bilsin, balki viloyatlarda ham hakamlar yaxshi boshqarmagan holatlar kuzatilgan bo'lishi mumkin, lekin bu o'yinlarni kimdir o'rganib chiqadimi? Umuman olganda, turning barcha uchrashuvlarini sinchiklab o'rganib chiqishning imkoni bormi yo bo'lmasa viloyatdagi o'yinlarda qachon hakamlarga past baho qo'yilishini yoki qaysidir klub rasman etiroz bildirishini kutib o'tirish kerakmi? 

X.Xoliqov. 


Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика