Bahrom Hakimov: "Raqibimizni bir ochko bilan tabriklayman"
16 apr 2019 22:28
Yangiliklar


Bahrom Hakimov: "Raqibimizni bir ochko bilan tabriklayman"
"Turon" jamoasi ustozi Bahrom Hakimov "Rash-Milk" bilan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun mana ikkinchi o'yindirki jamoa qandaydir uyushib ketmayapti. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Kim gol ursa g'alaba o'sha tomonga ketardi. Bahsda himoya va yarim himoyachilar yaxshi harakat qilishdi. Lekin hujumni oxiriga etkazadigan hujumchi topilmayapti. Bitta Mo'ydin Mamazulumovning o'ziga og'irlik qilyapti. Hujumda Doston Meliqo'zievning o'yini chiqmayapti.
O'ylaymanki o'yindan-o'yinga jamoam o'yini shakillanib borsa kerak. Raqib jamoa bilan bungacha uch marta to'qnash kelganmiz ikkita durang va bir g'alaba qayd etgandik. Mehmonlar bugun qarshi hujumda o'ynashdi. Ularni bir ochko bilan tabriklayman", - deydi Bahrom Hakimov.
Abdulaziz Abduvohidov suxbatlashdi
O’xshash yangiliklar
22:54
Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik" 3

Fikrlar