Bahriddin Vahobov - birinchi davraning “Eng yaxshi o'yinchisi”
01 avg 2015 08:31
Yangiliklar


Bahriddin Vahobov - birinchi davraning “Eng yaxshi o'yinchisi”
Dastlabki davra uchrashuvlari nihoyasiga etgach, “Qizilqum” PFK Matbuot xizmati klub rasmiy veb-sayti orqali jamoaning “Eng yaxshi o'yinchisi” nominaciyasi bo'yicha muxlislar o'rtasida so'rovnoma elon qilgandi.
Bugun mazkur so'rov o'z yakuniga etdi. Unga ko'ra, mingdan ortiq muxlis ovoz bergan so'rovnomada milliy chempionatimiz to'purari, hujumchi Bahriddin Vahobov eng ko'p ovoz to'pladi. Surxondaryolik futbolchi birinchi davraning “Qizilqum” tarkibidagi “Eng yaxshi o'yinchisi” deb topildi. Bahriddin so'rovda jami - 323 ovoz to'plab, asosiy taqibchilarni katta farq bilan ortda qoldirdi.
SHuningdek, mazkur so'rov yakunlari bo'yicha SHerali Jo'raev (189 ovoz), Alisher Sanoev (181) hamda Akmal Rustamov (172)lar keyingi pog'onalarni egalladi.
Navoiylik ko'psonli muxlislar nomidan “Qizilqum” jamoasi azolariga ikkinchi davrada ham chiroyli o'yin va yorqin g'alabalar yor bo'lishini tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar