So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  0 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Bahodir SHaymardonov: "Menga ikkinchi chetlatishda xatolik bordek ko'rindi" Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: "Menga ikkinchi chetlatishda xatolik bordek ko'rindi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Qo'qon-1912" (0:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bugun qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. "Qo'qon-1912" bir necha yillardan buyon Superligada o'zini ko'rsatib kelayotgan jamoa. Bugungi o'yinda Superliga jamoalariga qarshi o'ynashga tayyor emasligimiz ko'rinib qoldi. Xatolar ko'payib ketdi, darvozabonlar, himoya chizig'i, umuman har bir chiziqda xatoliklarga yo'l qo'ydik. "Qo'qon-1912" jamoasiga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman. O'yinda vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Xatolar ustida ishlaymiz.

- Ikkinchi bo'limda jamoangizning 2 nafar futbolchisi maydondan chetlatildi. Bu tajribasizlik bilan bog'liqmi yoki chindan ham ular qo'pol o'yin namoyish etishdimi?

- Birinchi qizil kartochka avvaldan shakllanib kelayotgandi. Asilbek Mansurov birinchi bo'limda ham qo'polliklar ishlatdi, bosh hakam uni bir necha bor ogohlantirildi. Afsuski, u ikkinchi bo'limda ham qo'pollik ishlatib ikkinchi bor sariq kartochka bilan jazolandi. Hakamlarni muhokama qilish niyatimiz yo'q, ular o'z mutaxassisliklarini yaxshi bilishadi. Lekin menga ikkinchi chetlatish bo'yicha ozroq xatolik bo'lgandek tuyuldi. O'sha vaziyat qizil kartochkaga tortadigan epizod emasdi deb o'ylayman. Balki hakamning u futbolchida sariq kartochka borligi xayolidan ko'tarilgandir.

- Bugun legioner futbolchi Estevan Ospinaning xizmatlaridan foydalanmaganingizga sabab nima?

- Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. Sababi ularni kuchli raqibga qarshi o'yinda tajriba to'plashlarini istagandik. Legioner futbolchilarni shu sabab bilan zaxirada qoldirdik. O'zi bizda vaziyatlar u qadar ham ko'p bo'lmadi.

- Birinchi bo'limning o'zidayoq yarim himoyachi o'rniga himoyachini maydonga tushirdingiz. Bu hisob yana yiriklashib ketishini oldini olish uchunmi?

- Ha, birinchi bo'limning 22-daqiqasidayoq biz 3 ta to'p farqi bilan ortda qolayotgandik. SHu sababdan himoya chizig'ini kuchaytirishga majbur bo'ldik.

- Maydon holati haqida fikringiz qanday?

- To'g'risi, hozirda biz o'ynayotgan maydonlardan eng ideallari bu - "Turon" va "Mashal" jamoalarining maydonlari. SHu sababdan maydon xolati haqida fikrim ijobiy.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика