Bahodir Nasimov: "Men muxlislik qilayotgan jamoa uyga qaytib bo'ldi"
25 iyu 2014 18:42
Yangiliklar
Bahodir Nasimov: "Men muxlislik qilayotgan jamoa uyga qaytib bo'ldi"
SHu kunlarda butun dunyo keng futbol jamoatchiligining diqqat-etibori Braziliya yashil maydonlarida davom etayotgan JCH-2014ga qaratilgan.
Bugunga kelib pley-off bosqichining aksariyat ishtirokchilari aniqlanib bo'ldi. Kutilmaganda, amaldagi jahon chempioni Ispaniya, shuningdek, g'oliblik uchun davogarlardan biri hisoblangan Italiya, qolaversa, Angliya terma jamoalari guruhdan ham chiqa olishmadi. Bugun mundialning 3-turi doirasida yana 4 ta uchrashuv o'tkaziladi va nimchorak finalning galdagi ishtirokchilari aniqlanadi. Biz bugungi o'yinlar oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hujumchi Bahodir Nasimovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bahodir, JCH-2014 o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?
- Albatta. Lekin men muxlislik qilayotgan terma jamoa mundialdagi ishtirokini muddatidan avval yakunlab bo'ldi. Amaldagi jahon va Evropa chempionlariga muxlislik qilayotgandim.
- Ispaniyaning omadsiz ishtirokiga nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?
- Ular o'ynayotgan futbolni hamma bilib oldi. SHaxsiy fikrim, hujum chizig'ida avvalgi ikki o'yinda David Vilya o'ynashi kerak edi.
- Bosh murabbiy qanchalik aybdor?
- Murabbiyni bilmadimu lekin, Iker Kasilyas va Diego Kostani maydonga tushirmaslik kerak edi.
- Nima uchun?
- Kasilya jahon chempionatiga tayyor emasdi. Kosta esa, hali Ispaniya terma jamoasi tarkibida o'ynash uchun munosib emas edi. Qaysi manodaki, Diego endigina terma jamoa tanlovida bir qarorga kelib, hali ispanlar o'yiniga moslashib ulgurmagandi. Ammo, o'z klubida etakchi rolida bo'lgandi.
- Ispaniya, Italiya, Angliya terma jamoalari guruhdan chiqa olishmadi. Ko'pchilik singari siz uchun ham bu kutilmagan holat bo'ldimi?
- Ispaniya va Italiya borasida fikringizni qo'llab-quvvatlayman. Haqiqatan ham, bu ikki terma jamoaning guruhdan chiqishiga ishongandim.
- Angliyagachi?
- Inglizlar o'ynay olishmadi. SHu bois, ular qayd etgan natijani sensaciyalar safiga qo'shmayman.
- Bugun oqshom o'tkaziladigan o'yinlar haqida nima deysiz?
- Eron g'alaba qozona olmasa kerak. Ular Argentina bilan o'yinda ko'p kuch sarflashdi. Bu guruhdan Argentina va Nigeriya pley-offga chiqsa kerak.
- O'yinda qayd etiladigan natijalarni taxmin qilib ko'ring.
- Gonduras SHveycariya - 2:3, Ekvador Franciya - 0:2, Argentina Nigeriya - 1:1, Eron - Bosniya va Gercegovina - 0:1.
- Mavsumni qaysi jamoada boshlashingiz bo'yicha bir qarorga kelmadingnzmi?
- Yo'q. Takliflar etarli. Hal bo'lishi bilan bu haqda birinchilardan bo'lib championat.asia saytiga xabar beraman.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar