So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Bahodir Ahmedov: "Ushbu mavsumda ko'plab jamoalar chempionlikni maqsad qilgandi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Ushbu mavsumda ko'plab jamoalar chempionlikni maqsad qilgandi"

"Kenteks" jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ushbu mavsum yakunlari, final taassurotlari haqida fikrlarini o'rtoqlashdi.

- Oson bo'lmadi. Qiyin o'yinlar bo'ldi. O'z navbatida PFL va O'FA rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Ular mavsumni yaxshi o'tkazib berishdi. SHuningdek, chempionatdagi jamoalarga ham kuchli raqobat uchun rahmat aytmoqchiman. Ushbu mavsumda qo'lga kiritilgan sovrinlar uchun Jizzax viloyati Hokimi Ergash Salievga ham tashakkur izxor qilmoqchiman. Ushbu inson sababli yaxshi jamoa tuzdik. Birgalikda ikki sovrinni qo'lga kiritdik.

- Mavsum jamoa uchun og'ir boshlandi. Mavsum yakuniga qadar ikki sovrin qo'lga kiritishingizni kutganmidingiz?

- Menimcha biror jamoa oldindan g'alaba qozonishini bilmaydi. CHunki hozir barcha jamoalar g'alaba uchun o'ynamoqda. Mavsum boshida bir necha jamoalar chempionlikni vazifa qildi. Yigitlar asta-sekin o'z o'yinini topib olganidan keyin chiroyli g'alabalar qo'lga kiritila boshlandi.

- Kubokdagi qaysi o'yinlar qiyin bo'ldi?

- Menimcha deyarli barcha bahs qiyin bo'ldi. Nafaqat biz, balki, boshqa uchrashuvlarda ham raqobat kuchli o'tdi. Bugun "Paxtakor" ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bugun o'z imkoniyatlarimizdan foydalanganimiz uchun g'alabaga erishdik. 

- Yarim finalda o'zingizning terma jamoadoshingiz Nodir Eliboevning jamoasiga qarshi bahs olib bordingiz. Bu o'yindan qanday taassurotlar qoldi?

- Jamoa yaxshi ekan, ular qarshilik ko'rsata olishdi. Tajriba evaziga ularni mag'lub etdik.

- Odatda sovrinlar qo'lga kiritilganida rahbariyat tomonidan rag'batlantiriladi. Sir bo'lmasa jamoaga nimalar sovg'a qilinadi?

- Ha, vada qilingan. Sovg'alar topshiriladi, o'shanda barcha bilib oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика