Bahodir Ahmedov: "O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik"
29 iyu 2021 15:34
Yangiliklar
Bahodir Ahmedov: "O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik"
O'zbekiston futzal terma jamoasi "Continental" xalqaro turniri yarim finalida Eron bilan o'ynadi (5:7)
Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov O'FA matbuot xizmatiga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalo Eron terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Yigitlarimiz juda yaxshi harakat qilishdi. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Afsuski, yakunda mag'lubiyatga uchradik. Endilikda kerakli xulosalarni chiqaramiz. Eron bilan kuchli o'yin ko'rsatdik, deya olaman",- deydi Bahodir Ahmedov.
Futzal. O'zbekiston Eronga beshta gol urib mag'lubiyatga uchradi
O’xshash yangiliklar
00:05
A Seriya. "Inter" "Milan"ga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida mag'lubiyatdan qutulib qoldi 12
Fikrlar