So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  0 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  8 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  1 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  7 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4

Bahodir Ahmedov: "Ispaniyalik murabbiylarning terma jamoamizda ish boshlashi foydali bo'ladi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Ispaniyalik murabbiylarning terma jamoamizda ish boshlashi foydali bo'ladi"

O'zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarligi ayni qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzal terma jamoamiz 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etiladigan xalqaro futzal turnirida ishtirok etadi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqaning guruh bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan bellashadi.

Ayni paytda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan terma jamoamiz, 19 iyul kuni Bangkok shahriga yo'l oladi. Biz esa bu borada terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Tayyorgarlik jarayoni juda yaxshi ketmoqda. O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Hozirda murabbiylar shtabida, avvalgi Jahon chempionatida ko'maklashgan ikki nafar ispaniyalik murabbiy ish boshladi. Biri darvozabonlar bilan, ikkinchisi esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha. Yigitlar ga buning katta foydasi bor, deb o'ylayman.

Jahon chempionatidan oldin Tailandda xalqaro turnirda ishtirok etamiz. Musobaqaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Qancha kuchli jamoalar bilan o'ynasak o'zimizga yaxshi. Zaif tomonlarimizni ko'rib olish imkoni bo'ladi. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz",- deydi Bahodir Ahmedov.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика