BAA Kubogi. G'aniev ikki golga assist bo'lgan bahsda “SHabab Al Ahli” yirik g'alabaga erishdi
26 jan 2021 22:20
Yangiliklar


BAA Kubogi. G'aniev ikki golga assist bo'lgan bahsda “SHabab Al Ahli” yirik g'alabaga erishdi
Musobaqa chorak finalidan o'rin olgan “SHabab Al Ahli” – “Xorfakkan” o'yinda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchdi.
Dubayliklar safida Azizjon G'aniev bahsni to'liq o'tkazdi va 2 golga hammuallif bo'ldi. U ilk daqiqada braziliyalik hujumchi Igor da Kruzning goliga assist bo'lgan bo'lsa, uchrashuv oxirlarida Axmed Al Attasga samarali uzatma berdi.
“SHabab Al Ahli” – “Xorfakkan” – 5:0 (3:0, 2:0)
“Al Rashid” stadioni
Gollar: da Kruz 1 – 1:0, Eduardu 43 – 2:0, Muhammad Juma 44 – 3:0, Al Attas 80 – 4:0, Sayid 84 – 5:0
SHuningdek, kecha yarim finalga “Al Nasr” va “Ittihod Kalba” jamoalari ham yo'l olgandi.
1/4 bosqichda o'rin olgan so'nggi bahs esa ayni daqiqalarda “Al Vasl” va “SHarja” o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Otabek SHukurov mazkur uchrashuvni o'tkazib yubormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar