Azmun Dortmundning "Borussiya"siga o'tishi mumkin
08 jan 2021 00:37
Yangiliklar


Azmun Dortmundning "Borussiya"siga o'tishi mumkin
Dortmundning "Borussiya"si "Zenit" forvardi Serdar Azmunning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, piterliklar futbolchini 20 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor turibdi. Azmun 2019 yilning fevralidan buyon "Zenit" tarkibida o'ynamoqda.
Eronlik futbolchining hisobida 74 o'yinda 44 gol va 18 assist bor. Uning klub bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar