So’nggi yangiliklar

13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  9

Azizbek To'xtaboev: "Neftchi"ning g'alabasini tasodif demagan bo'lardim" Yangiliklar

Azizbek To'xtaboev: "Neftchi"ning g'alabasini tasodif demagan bo'lardim"

“Farg'ona vodiysi kubogi” musobaqasida 3-o'rin uchun kechgan “Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Akademiya” (Qirg'iziston) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Azizbek To'xtaboev saytimizga intervyu berdi.

Bu kabi musobaqalarning o'tkazilishi davlatlar o'rtasida do'stona munosabat va xamkorlik aloqalarining yanada kuchayishiga olib keladi. Ilgari bu kabi xorijlik jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etishda qiyinchiliklarga duch kelardik. Hozirgi kunda bu boradagi muammolar hal bo'ldi, mana yaqinda Qo'qonda “Xo'jand” jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik,shuningdek “Bunyodkor” futbol klubi ham xorijda o'rtoqlik o'yini o'tkazib keldi. Qancha shu kabi o'yinlar ko'p o'tkazilsa, jamoalarning xalqaro tajribasi ortadi.

O'zbekistonlik futbolchilarning ko'pchiligi bir-birini biladi, imkoniyatlarni chamalay oladi. Xorij jamoasiga qarshi o'ynaganda esa mutlaqo yangi raqibga, notanish jamoaga duch keladi. Yana bir bor aytaman, bu kabi musobaqalar futbol jamoalariga katta tajriba maktabi bo'ladi.

Oldimizda O'zbekiston liga kubogi musobaqasi doirasida “Paxtakor”ga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi. SHundan kelib chiqib kechagi va bugungi o'yinlarda tanlashda qiyinchiliklarga duch keldik. Asosan yoshlardan iborat futbolchilarni maydonga tushirdik. Bugungi raqibimiz ham yosh jamoa ekan, ko'rib turganingizdek, 6:0 hisobida g'alaba qozondik.

Kechagi “Neftchi”ga qarshi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, o'zim ham yoshligimdan “Neftchi”ga muxlislik qilib kelaman. “Neftchi”dan uchragan mag'lubiyatimizni tasodif demagan bo'lardim, ularning g'alabasiga nisbatan “sencasiya” yoki “tasodif” degan so'zlarni ishlatish noto'g'ri bo'ladi. Yuqorida aytganimdek, bizni oldinda “Paxtakor”ga qarshi o'yin kutib turganligi bois, bu musobaqada asosan zahira vakillari va yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. “Neftchi”ning hozirgi tarkibi ham chakki emas, o'yinda ikkinchi bo'lim so'ngiga qadar hisob 0:0 bo'lib turgandi. Uchrashuv so'ngida yuzaga kelgan birgina xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Bu o'yinda har ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi, yakunda “Neftchi”ga omad kulib boqdi - deydi Azizbek To'xtaboev.


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика