So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Aziz To'xtaboev: “Timur Kapadze o'z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo'shmoqda” Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: “Timur Kapadze o'z maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlariga hissa qo'shmoqda”

Coca Cola Superligasi 19-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

"Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Qo'qonda “Xalqaro hunarmandchilik festivali” bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. Bugungi g'alaba Qo'qondagi bayramga hamoxang bo'ldi. Tezkor gol bizga ham yordam berdi, ham zararimizga ishladi. Hisobni ochgach, biroz xotirjamlikka berildik. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz yana shiddatni oshirib raqibni yirik hisobda mag'lub etishdi.

Bir necha oydan beri Timur Kapadze o'zining maslahatlari bilan jamoamiz muvaffaqiyatlarida hissa qo'shmoqda. U kishi O'FAdagi ishlaridan bo'sh vaqtlarida o'z yordamlarini berib kelishyapti, buning uchun Temur akaga rahmat aytaman.

Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib tashabbusni raqibga berib qo'ygandek bo'ldik. Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Qarshi hujumdan samarali foydalanishni aytdik. Ular ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi.

Avazxon Mamatxo'jaev o'z imkoniyatlaridan hali beshdan birini ham ko'rsatgani yo'q. Uning potenciali juda yuqori. Biz agar Avazxondan to'g'ri foydalansak kelajakda terma jamoamizga ham yordam beradigan futbolchi bo'ladi.

Otabek Haydarov birinchi davrani Qirg'izistonda o'tkazdi. Uning imkoniyatlarini mendan yaxshi biladigan mutaxassis bo'lmasa kerak. Unga biroz omad va vaziyatlarda sovuqqonlik etishmayapti. Birinchi golini urib olgach, o'yini kuchayib ketishiga ishonchim komil. Otabekka hozir muxlislarimizning ruhiy daldalari juda zarur.
“Qo'qon-1912” jamoasini uy jamoasi deyish noto'g'ri bo'lsa kerak. Sababi biz safarda ikkita g'alaba qozondik. Ikkita durang o'ynadik. Tan olish lozim, o'z maydonimizda g'alaba qozonishning gashti boshqacha", - deydi To'xtaboev. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика