Aziz Nuriy: "Nasaf" chempion bo'lsa, bitta ziyofat mendan!"
11 iyu 2014 10:37
Yangiliklar
Aziz Nuriy: "Nasaf" chempion bo'lsa, bitta ziyofat mendan!"
"Nasaf" futbol klubining matbuot xizmati rahbari Aziz NURIY bilan suhbat.
- Siz "Nasaf"da ish boshlagan vaqtingizda futbol klublarida matbuot xizmati u qadar rivojlanmagan edi. Klubga o'tishingizga nima sabab bo'lgan?
- Bolaligimdan futbolning ashaddiy ishqibozi bo'lganman. Gazetada endi ish boshlagan paytlarim, ustozimiz Erkin Jo'raev nafaqaga chiqib, sport mavzusini yoritish mening zimmamga yuklatildi. Gazetada qariyb o'n yillik ish faoliyatim davomida vohamiz sport hayotini imkon qadar to'la-to'kis yoritishga harakat qilib keldim. Futbolga qiziqishim yuqoriligi sabab, vohamiz futbol jamoalari, ayniqsa, "Nasaf"ning natijalarini tahlil qilish, u haqida ko'proq malumot berish qiziqarliroq edi.
2008 yilgi mavsum "Nasaf" uchun o'ta omadsiz keldi va yil yakunida jamoa rahbariyatida jiddiy o'zgarishlar kuzatildi. Vohamizdagi yirik sanoat korxonasi – SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi jamoa bosh homiysi etib belgilandi. Tabiiyki, yangi rahbariyat oldida jamoani har tomonlama yangi bosqichga ko'tarish vazifasi turardi. Klub matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish borasida kiritgan taklifim klubning o'sha paytdagi bosh menejeri Bahrom Davlatovga maqul keldi va shu-shu klubda ish boshladim.
Nokamtarlik bo'lsa ham aytib o'tay, o'tgan yilgi mavsum yakunida "Nasaf" professional futbol klubi matbuot xizmati O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan 2013 yil oliy liga klublari orasida "Eng yaxshi matbuot xizmati", deya etirof etildi.
- Futboldan boshqa yana qaysi sport turlari siz uchun sevimli mavzu?
- O'zim futboldan tashqari stol tennisi, suzish bilan shug'ullanishni xush ko'raman. Qolaversa, televidenie va internet orqali dunyo tennis yulduzlari ijrosidagi muhim bahslarni etibordan chetda qoldirmayman.
- Dunyo tanigan yoki yurtimizdagi sport jurnalistlaridan qay biriga havas qilasiz?
- Yurtimiz sport jurnalistlari orasida Alisher Nikimbaevga hurmatim o'zgacha. Alisher aka bir necha yil futbol jurnalistikasida ishlab, keyinchalik O'zbekiston futbol federaciyasi, Osiyo qitasining bosh futbol tashkiloti – Osiyo futbol konfederaciyasida faoliyat yuritdi. U kishi hozirda nafaqat etuk jurnalist, balki qitamiz futbolining malakali mutaxassislaridan biri hisoblanadi. SHuningdek, rossiyalik mashhur futbol sharhlovchilari Konstantin Genich va Georgiy CHerdancev bu sohada o'z ishining ustalari hisoblanishadi. Ularga chin dildan havas qilaman.
- Viloyatimizda futboldan boshqa birorta sport turida matbuot xizmati yo'q hisobi. SHu haqda fikringiz.
- Menimcha, bu moliyaviy masalaga borib taqalsa kerak.
- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini qanday nishonladingiz?
- 26 iyun kuni "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi bilan O'zbekiston kubogi final yo'llanmasi uchun kurash olib bordi. SHu sabab bayram kuni asosiy vaqtimiz yo'lda o'tdi. SHunga qaramay hamkasblarni telefon orqali tabrikladim, ulardan tabriklar oldim. Kechki payt esa do'stim bilan "Play Station"da futbol o'ynab, hordiq chiqardik.
- Jurnalist bo'lmaganingizda, qaysi kasb egasi bo'lardingiz?
- To'g'risi, bu haqda hech o'ylab ko'rmagan ekanman.
- Sevimli jamoangiz, "Nasaf"dan tashqari albatta, "Barselona" deb eshitgandik. Futbolchilardan kimlarning muxlisisiz?
- SHubhasiz, "Barsa" etakchilari Messi, Inesta va Xavining maydondagi harakatlaridan zavq olaman. Ular ayni paytda sayyoramizning eng kuchli futbolchilari, menimcha.
- "Nasaf" O'zbekiston chempioni, kubogi sohibi bo'lgan kuni...
- "Nasaf" tashkil topganidan beri jamoa muxlislari mana shu kunni orziqib kutishadi. O'tgan yillar davomida jamoa 7 marta O'zbekiston chempionatida bronza medalni qo'lga kiritdi. 4 marta O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib kelib, hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berdi. Joriy mavsumda jamoamiz rahbariyati futbolchilar oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan. "Nasaf" kubok sohibi bo'lsa yoki chempionlikni qo'lga kiritsa, tahririyatdagi hamkasblarimga bitta ziyofat uyushtirib beraman. Erkakcha gap!!!
Zebuniso NAZIROVA suhbatlashdi.
Suratda: Aziz Nuriy. Sobir NARZIEV olgan surat.

Fikrlar