Aziz Ibragimov O'zbekiston - Avstraliya ( 0:6) uchrashuvida aslida nima bo'lganini aytdi
13 jan 2024 15:18
Yangiliklar
Aziz Ibragimov O'zbekiston - Avstraliya ( 0:6) uchrashuvida aslida nima bo'lganini aytdi
Kecha "Tezkor Studiya"ning Osiyo Kubogiga bag'ishlangan soni bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasi bilan 2ta Osiyo Kubogida qatnashgan Aziz Ibragimov ko'rsatuvning mehmoni bo'ldi. Unda dastlab o'zi qatnashgan musobaqalarga to'xtaldi va 2011 yil Avstraliya (0:6) bilan uchrashuvni yodga oldi.
"Avstraliya bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushganman. O'sha payt 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edik. Ulug'bek Bakaev qizil kartochka olgach, Vadim Karlenovich meni o'ng qanotga tushirgan. Bir kishi kam bo'lsak ham hujumga o'tyapman. Abramov orqaga qaytishini aytyapti. Bilsam, hisob yirik bo'lib ketmasligini oldini olish uchun o'ng qanot himoyaga qo'ygan ekan. Avstraliya o'shanda juda kuchli edi",- deydi Aziz Ibragimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar