So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Aziz Haydarov: Futbolda natija inobatga olinadi Yangiliklar

Aziz Haydarov: Futbolda natija inobatga olinadi

O'zbekiston terma jamoasi A guruhining ilk uchrashuvini Toshkentda suriyaliklarga qarshi o'tkazib, Aleksandr Geyn­rixning yagona goli evaziga muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

Qatarliklar esa aksincha, Tehronda Eron terma jamoasi bilan kuch sinashib, qo'shimcha bo'limlarda qo'yib yuborilgan gollar tufayli alamli mag'lubiyatni tan olishdi. O'z tarkibini mahalliylashtirilgan futbolchilar hisobiga kuchaytirib olgan Qatar termasi uchun bugungi o'yinning qadri nihoyatda baland. Buni terma jamoamiz etakchilaridan biri Aziz Haydarov ham alohida takidladi.

- Aziz, takidlab o'tish lozim, jamoamizning kichik, ammo muhim g'alabasi bilan yakunlangan Suriya termasiga qarshi o'yindagi harakatlaringiz o'rtacha chiqdi. Umuman, mazkur uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?


- Eng avvalo, bu g'alaba hamda istiqlolimizning 25 yillik tantanasi bilan muxlislarni, xalqimizni tabriklayman. Ishqibozlar o'sha kuni bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi. Ochig'ini ayt­sam, anchadan beri bunday yoqimli muhitda to'p surmagan edik. O'yinga kelsak, biz chindan ham qiyin, lekin muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Har bir musobaqa, har bir bosqichning ilk o'yini hamisha shunday murakkab kechadi. Boz ustiga, jamoamizda masuliyat hissi juda yuqori edi. SHu bois, kuchli bosim ostida harakat qilishimizga to'g'ri keldi. Suriya termasi esa ko'pchilik o'ylaganidek, kuchsiz jamoa emasdi, aslida. Mehmonlar himoyada deyarli bexato o'ynashdi. Etibor bergan bo'lsangiz, hisobni ochib olganimizdan keyingina maydonda bo'sh hududlar ko'zga tashlandi. Ungacha esa aynan shu jihatdan ancha qi­yinchilikka duch keldik. Aslida tezkor gol vazifamizni engillashtirishini bilardik. Ammo mehmonlar bunga imkon berishmadi. Ehtimol, bosim hissi kuchliligidan muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatolmagandirmiz, lekin muhimi - natijaga erishdik. Tasavvur qiling, juda ham chiroyli, mazmunli o'yin ko'rsatib, mag'lubiyatga uchradik... Menimcha, bundan hech kim quvonmasdi. CHunonchi, futbolda hamisha o'yin emas, natija yodda qoladi.

- Tan olish kerak, Bunyodkor stadionidagi maydonning holati ideal darajada emasdi. Malumki, bunday chim ustida texnikaga asoslangan futbol namoyish etishning imkoni yo'q, hisobi. Balki bosh muammo shundadir?


- Bu haqda avval ham ko'p fikrlar aytilgan. Haqiqatan, maydonning holati yaxshi emas. SHuning uchun biz qaysidir raqibdan tajriba bobida ikki bosh ustun bo'lsak ham, chimning og'ir­ligi ikki xil saviyadagi jamoa kuchini tenglashtirib qo'ymoqda. Bunday vaziyatlarda o'zimiz istagan o'yinni namoyish etolmasligimiz turgan gap. Futbolchi o'z imkoniyatlarini to'la namoyish qilishi uchun eng avvalo, maydon sifatli bo'lishi kerak.

- Sizning muhim uchrashuvda zaxiraga olinishingiz ko'pchilik uchun kutilmagan voqea bo'ldi. O'yindan keyin esa jarohat orttirib olganingiz haqida malumotlar tarqaldi...


- Ha, chindan ham, raqibning 11-raqamli hujumchisi bilan to'qnashib ketib, oyog'imni shikastlab oldim. O'yin vaqti og'riq kuchayib boravergani sabab, zaxiraga olishlarini o'zim iltimos qildim. Negaki, shu ahvolda yana 5-10 daqiqa maydonda harakat qilganimda, oyoq paylari jiddiy jarohatga uchrashi mumkin edi. Afsuski, Qatar termasiga qarshi uchrashuvda jamoamizga yordam berolmayman, chog'i. CHunki og'riq hali ham bezovta qilmoqda. Men esa hal qiluvchi mazkur bosqichning har bir o'yinida jamoamizga naf keltirishni chin dildan istagandim...

- Guruhdagi asosiy raqibimiz - Janubiy Koreya terma jamoasining bugungi imkoniyatlari, o'yinlari haqida nima deya olasiz?


- Koreyslar ilk turda Xitoy termasini 3:2 hisobida mag'lub etishganidan xabarim bor. Hisobni inobatga olsak, o'yin teng kurashlar ostida kechganga o'xshaydi. Biroq Janubiy  Koreya termasi baribir, bu uchrashuv favoriti edi. Menimcha, maydon egalari 3ta gol urib olishganidan so'ng xotirjamlikka berilishdi va bundan xitoyliklar unumli foydalanishdi. SHaxsiy fikrimcha, biz hozir guruhdagi raqiblar haqida o'ylamasligimiz kerak. Yani eng avvalo, o'z o'yinimiz haqida qayg'urib, birin-ketin g'alabalarga erishishimiz lozim.

- Klubdagi ishlaringiz qanday ketmoqda?


- To'g'risini aytsam, terma jamoa ixtiyoriga kelishim oldidan klub rahbariyati, xususan, bosh murabbiyi­miz imkon qadar ortga jarohatsiz qaytishimni iltimos qilgandi. Lekin ayagan ko'zga cho'p tushadi, deganlaridek, kutilmagan jarohatga yo'liqdim. Ammo nima ham derdim, bu - futbol. Umid qilamanki, jamoadoshlarim ham, murabbiylar ham, klub rahbariyati ham buni to'g'ri tushunishadi.

- Avvalgi suhbatlarimizning birida klubingizni almashtirishga bog'liq rejalar xususida gap ochgandingiz...


- Aslini olganda, Al-SHabab bilan tuzilgan bir yillik shartnomam hamon o'z kuchini saqlab turibdi. Lekin muammo shundaki, orttirilgan yangi jarohat sabab, menga boshqa kelishuv taklif qilmasliklari ham mumkin. Yaxshi bilasiz, arab klublari asosiy etiborni legionerlarga qaratishadi va aynan xorijliklar o'yinning borishi hamda natijani belgilab berishlari lozim. Bilmadim, balki keyingi taqdirimga shu omillar asosida oydinlik kiritilar?.. Xullas, kelajagimga doir hamma gap jarohatimning nechog'li jiddiyligiga bog'liq. Umid qilamanki, hammasi ijobiy yakun topadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика