Aziz G'aniev OFK etirofida

Xayrulla Xoliqov
14 dek 2018, 13:41
"Nasaf" yarim himoyachisini OFK rasmiy sayti 10 nafar eng yosh iqtidorli futbolchilar ro'yxatiga kiritdi.

Ma'lumki, har bir Osiyo chempionatida yosh iqtidor egalari ham o'zlarini ko'rsatib kelishgan. Masalan, to'rt yil oldin Avstraliyada o'tkazilgan musobaqada Massimo Luongo porlagandi. Shuningdek, Sardor Azmun degan hujumchi borligini ko'pchilik tan olgandi.

Bu safar BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 ham bir nechta yoshlarni keng jamoatchilikka tanitishi kutilyapti. OFK rasmiy sayti navbatdagi qita birinchiligida porlashi mumkin bo'lgan 10 nafar futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ular orasida "Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'aniev ham bor. Lekin G'aniev dekabrdagi yig'inga taklif etilmagan va katta ehtimol bilan Osiyo Kubogiga bormasa kerak. Chunki u jarohatidan yaqinda tuzalib endi maydonga qaytdi.

Shunga qaramay, futbolchining OFK sayti e'tiboriga tushishi katta voqea. Sayt xodimlari quyidagi yosh futbolchilarga alohida e'tibor qaratishgan.

Nguen Kuang Xay (Vetnam) - Bu futbolchi shu yil qishda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida o'zini ko'rsatdi.

Turki Al Ammar (Saudiya Arabistoni) - Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Xvang In Beom (Janubiy Koreya) - Jamoasining Osiyo o'yinlarida g'olib chiqishiga munosib hissa qo'shdi.

Mohanad Ali (Iroq) - 18 yoshli futbolchi Iroq chempionatida 17ta gol urdi.

Ritsu Doan (Yaponiya) - Yosh bo'lishiga qaramay, Gollandiyaning "Groningen" klubida o'ynayapti.  

Bassam Hisham (Qatar) - Ijara asosida Ispaniya va Belgiya klublarida malaka oshirib "Al Duhayl"ga qaytdi.

Aziz G'aniev (O'zbekiston) - To'p bilan muomalasi nihoyatda yaxshi, mehnatkash hamda uzoqdan zarba yo'llay oladigan futbolchi.

Supachay Jaided (Tailand) - Shu yil MTJda debyutini o'tkazganiga qaramay allaqachon uchta gol urishga erishdi.

Xalfan Mubarak (BAA) - "Al Jazira"ga o'tganidan beri har o'yinda o'zini ko'rsatib kelyapti.

Mahmud Yusef (Falastin) - 21 yoshli hujumchiga Falastin terma jamoasining kelajagi sifatida qaralyapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com