Aziz Amonov: "Eronda futbol uchrashuvida to'xtalish kam. Hakamlar kurashga qo'yib berishadi"
22 mar 2022 18:23
Yangiliklar
Aziz Amonov: "Eronda futbol uchrashuvida to'xtalish kam. Hakamlar kurashga qo'yib berishadi"
Futbolchi bugungi mashg'ulot avvalida "Istiqlol"ga ko'nikish, O'zbekiston va Eron futboli o'rtasidagi farq va boshqa savollarga javob berib o'tdi.
- Yangi jamoangizga moslashish jarayoni qanday ketyapti?
- Moslashib ketish yaxshi bo'ldi. Jamoadagi yigitlar iliq qabul qilishdi. Hozirda birinchi o'rinda ketmoqdamiz. Mana shu o'rinimizni saqlab qolishimiz kerak.
- Eron va o'zbek futboli o'rtasidagi farq haqida...
- Asosan kurashlarga asoslangan. Eronda hakamlar kurashga qo'yib berishadi. To'xtalishlar kam. Jamoalar ochiq futbol taklif qilishadi. O'zbekiston chempionati ham kuchli.
- Mashg'ulotlardagi tafovutni sezdingizmi?
- Oxirigacha harakat qilishadi. O'zbekiston chempionatiga nisbatan texnik emas. Eronda reklama, media juda rivojlangan. Mashg'ulot jarayonlarini ko'rsatishadi. Asosiy farq vitaminizaciyada bo'lishi mumkin. O'yindan keyin shu narsalar rivojlangan.
- Til borasida muammoga uchramadingizmi? Jamoadaoshlaringiz bilan qaysi tilda gaplashyapsiz?
- Ingiliz tilini o'rganmoqdaman. Asosan ingiliz tili orqali muloqot qilishga harakat qilyapman.
- Eron klubiga o'tganingizdan so'ng instagramdagi obunachilaringiz keskin ko'paydi. Ushbu jihat sizni xayron qoldirmadimi?
- Eronda muxlislar futbolni juda yaxshi ko'rishini aytishgandi. Terma jamoadan taklif olganimdan xursandman. Ishqibozlarni xursand qilish uchun harakat qilamiz.
Fikrlar