So’nggi yangiliklar

22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  0 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0 22:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" дуранг ўйнади, жамоа кетма-кет учинчи ўйинда ғалаба қозона олмади  1 21:52Асрор Алиқулов: "Қўлдан келганча ҳаракат қилдик"  4 21:21"Бундай ҳолатлар Спорт арбитраж судида нормал амалиёт сифатида қабул қилинади" - ЎФА расмий баёнот билан чиқди  6 21:10Суперлига. "Машъал" – "Хоразм" 0:3  0 21:08Суперлига. "Сўғдиёна" "Сурхон"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  9 20:47Отабек Нарзуллаев: "Футболни жон койитиб ўйнамасангиз, ким сизга уч очко беради"  0 20:31Суперлига. 7 та ҳисобланган ва битта инобатга олинмаган гол ҳамда самарасиз пенальти: "Андижон" "Шўртан"ни мағлуб этди  27 20:13Ҳаким Фузайлов: "Кураш ҳали тўхтагани йўқ"  1 19:42Ямал бепул дастхатлар беришни тўхтатади  5 18:55"Хоразм" сафарда "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 18:48Кипрда "Кармиотисса" президенти отиб кетилди  0 18:25"Вазиятга реал қараш керак, ҳар бир рақибга қарши ўйлаб қўйган режаларимиз бор" — Ислом Исмоилов иштирокидаги матбуот анжумани   10 18:03Нодир Элибоев: "Олдингидек, 1 ёки 2 та ўйинни кутиб яшаётганимиз йўқ. Ҳар бир турда яхши рақобат бор"  0

Osiyo chempioniga aylanib, jahon chempionatida qatnashgan hamda Van Deyk o'yinlari muxlisi bo'lgan Diyor Ortiqboev 22 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyo chempioniga aylanib, jahon chempionatida qatnashgan hamda Van Deyk o'yinlari muxlisi bo'lgan Diyor Ortiqboev 22 yoshga to'ldi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Diyor Ortiqboevning hayotiy saboqlaridan bahramand bo'lamiz.

Inson suv va havosiz yashay olmagani singari futbolsiz hayotimni tasavvur eta olmayman. Mo'jazgina hovlimiz yaqinida esimni taniganimdan buyon ust-boshimizni changitib to'p tepardik, gohida quyosh qanday chiqib, qanday botganini ham sezmay qolardik. Futbolga bo'lgan qiziqishimga sabab bo'lgan va meni hamisha qo'llab-quvvatlagan dadamga minnatdorchilik bildiraman. Otamning O'zbekiston milliy terma jamoasi libosidagi o'yinlarimni stadiondan tomosha qilishini orzu qilaman.


12 yoshimda "Paxtakor" akademiyasiga qabul qilinganman, 18 yoshda yoshlar ligasida, keyinchalik asosiy jamoa safida to'p tepdim. Bu jamoa libosida to'p tepish ko'plab futbolchilarning orzusi deb bemalol ayta olaman. "Paxtakor" sharafini himoya qilayotganimdan benihoya mamnunman.

SHunday filmlar yoki lahzalar bo'ladiki, ularni qayta-qayta tomosha qilsangiz yoki yodga olsangiz ham zavqqa to'lasiz. O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi faoliyatim ham hayotim sahifalarida unutilmas voqeaga aylangan. Osiyo kubogi bizni yangi darajaga olib chiqdi. O'shanda muxlis tomonidan ajoyib atmosfera yaratilgan, buning natijasida o'zimizni go'yoki mundialdagi favoritlardek his qilganmiz. Hal qiluvchi o'yinda yurtboshimizning tashrifi esa bizga qo'shimcha kuch bag'ishlagan.

Hali yoshman va o'rganishim kerak bo'lgan narsalar bisyor. Jamoadagi tajribali futbolchilardan ijobiy xislatlarni o'zlashtirishga harakat qilaman. Jumladan, Sardor Sobirxo'jaev, Abdulla Abdullaev, Hojiakbar Alijonov, Doston Hamdamov, SHohro'z Norxonov singari futbolchilar nafaqat maydon, balki maydon tashqarisida ham ko'p jabhalarda o'rnak bo'lgan.


Yosh futbolchi ilk navbatda, o'z iqtidorini namoyot etib, o'z o'rniga ega bo'lishi lozim. Buning uchun ulkan mehnat va tirishqoqlik talab etiladi. SHundagina kelgusida yaxshi jamoalarda to'p tepish imkoniyati paydo bo'ladi. Mehnatdan qochmagan o'spirin ko'chada qolmaydi.

Garchi qita chempioniga aylanib, jahon chempionatida ishtirok etganimga qaramay, hamma narsaga erishdim deya olmayman. Hali erishishim va o'z ustimda ishlashim kerak bo'lgan jihatlar etarlicha. Buni inkor etmayman. 


Kelajakda Evropa jamoalarida to'p tepishni orzu qilaman va shu yo'lda ter to'kishdan to'xtamayman. 

Jahon yulduzlaridan o'z poziciyam bo'yicha Van Deyk va Rodri, o'zbekistonlik futbolchilardan esa Odil Hamrobekov va Abduqodir Husanov o'yinlariga havas qilaman.


Eng katta motivatorim — dadam. U kishi og'ir kunlarimda ham, shodon kunlarimda ham hamisha yonimda bo'lib, kerakli maslahatlarini ayamagan. Otam hech qachon to'xtab qolmasligim kerakligini va mendan umidi katta ekanligini har doim takidlaydi. Futbolchi uchun bundan ulkan motivaciya bo'lmasa kerak.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика