Saudiya Arabistoni - mezbon, Osiyo Kubogi 7 yanvar kuni start oladi
07 jan 23:05
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni - mezbon, Osiyo Kubogi 7 yanvar kuni start oladi
Milliy terma jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadigan navbatdagi Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonining uchta shahrida o'tkaziladi: Ar Riyod, Jidda va Al Xobar. Ushbu musobaqaga 2027 yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi 2023 yil Bahrayn poytaxti Manamada o'tkazilgan OFKning 33-Kongressida malum qilingandi.
Bugun OFK sayti musobaqa 2027 yil 7 yanvardan start olishi hamda 5 fevralga qadar davom etishi haqida xabar berdi. O'yinlarga Ar Riyoddagi beshta stadion mezbonlik qiladi:
1. "Qirol Fahd" stadioni (sig'imi: 70 ming)
2. "Qirol Saud universitet" stadioni (sig'imi: 25 ming)
3. "Imam Muhammad ibn Saud" stadioni (sig'imi: 21 ming)
4. "Kingdom Arena" (sig'imi: 26 ming)
5. "Al SHabab" stadioni (sig'imi: 14 ming)
Bundan tashqari Jidda shahridagi ikkita stadion - "Qirol Abdulloh" (sig'imi: 60 ming) va "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig'imi: 25 ming) o'yingohlarida, shuningdek Al Xobarda joylashgan "Al Xobar Nyu Stedium" (sig'imi: 45 ming) o'yingohida ham uchrashuvlar o'tkaziladi.
Malumot uchun, 30 kun davom etadigan 2027 yilgi Osiyo Kubogida 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa jami 51 uchrashuvdan iborat bo'ladi.
Fikrlar