So’nggi yangiliklar

17:54Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:40Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  6 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  1 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  8 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  12 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  22

Birinchi va ikkinchi liga jamoalarida to'p tepgan, legionerlar limiti sabab "Nasaf"ni tark etgan hamda "Fulad" matbuot kotibini ishdan ketishiga "sabab bo'lgan" O'tkir Yusupov 34 yoshni qarshi oldi Yangiliklar

Birinchi va ikkinchi liga jamoalarida to'p tepgan, legionerlar limiti sabab "Nasaf"ni tark etgan hamda "Fulad" matbuot kotibini ishdan ketishiga "sabab bo'lgan" O'tkir Yusupov 34 yoshni qarshi oldi

Teglar :  O'tkir Yusupov
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov haqida qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

O'tkir Yusupov 1991 yil 4 yanvarda Qozog'istonning CHimkent shahrida tug'ilgan. 5 yoshida oilasi Toshkentga ko'chib kelgan. 2017 yilga kelibgina O'zbekiston fuqaroligini olishga muvaffaq bo'lgan.

Uning birinchi ustozi Otabek Nabiev hisoblanadi.


Uning dastlabki jamoasi "Paxtakor" hisoblanadi, u "sherlar"ning yoshlar jamoasida ikkinchi ligada to'p tepgan.


O'tkir Yusupov Birinchi ligada "SHayxontoxur", "Do'rmon-Sport" kabi klublarda faoliyat olib borgan.


Xorijlik darvozabonlardan Oliver Kan, Edvin van der Sar, Petr CHex, Iker Kasilyas va Janluiji Buffon o'yinlariga ishtiyoqi baland.

2016 yil O'zbekiston chempionatida ikkita penaltini qaytargan holda bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshilar qatoriga kirgan.

O'tkir Yusupovning "Nasaf"ni tark etishiga legionerlar limiti sabab bo'lgan.

O'tkir Yusupovga O'zbekiston yuqori ligasidagi ilk golni Igor Taran penaltidan urgan.

O'tkir Yusupov Eron chempionatida Aleksandr Lobanovdan so'ng to'p tepgan ikkinchi o'zbekistonlik darvozabon hisoblanadi. Qizig'i, ikkala darvozabon ham tavallud ayyomini 4 yanvarda nishonlaydi.

O'tkir Yusupov 2018 yilgi Superligada barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi bo'lgan.


O'tkir Yusupov Championat.asia sayti o'quvchilari talqiniga ko'ra O'zbekistonda 2019 va 2022 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.


O'tkir Yusupov qatorasiga uch mavsum "Navbahor" tarkibidagi eng yaxshi o'yinchi bo'ldi.

O'tkir Yusupov hayotda jiddiy inson bo'lishiga qaramay, futbol olamida janjallari bilan yodda qolgan. "Qo'qon-1912" jamoasi safida "Lokomotiv" legioneri Nivaldo, "Navbahor" tarkibida esa "Paxtakor" fan klubi etakchisi bilan kelishmovchilikka borgan.

Coca Cola Superligasining 2022 yil ramziy jamoasiga kiritilgan.


"Fulad" O'tkir Yusupovni jamoaga olib kelish uchun "Navbahor"ga 300 ming dollar to'lagan.


Erondagi ilk mavsumida mamlakat chempionatining dastlabki 2 ta turida faqatgina Yusupov o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.


"Fulad" klubida faoliyat olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov Eronga qarshi o'yin oldidan terma jamoaning muhim yig'inlaridan biriga qo'shilish uchun Toshkentga Anqara shahridan uchib keldi. Anqaraga esa Eron chegarasi orqali 2400 kilometr masofani mashinada bosib etib bordi. Bunga sabab aviaqatnovlarning yo'qligi bo'ldi.

Forslarga qarshi JCH saralash o'yinidan so'ng uni ajoyib o'yini uchun etirof etgan Eronnning "Fulad" klubi matbuot kotibi ishdan bo'shatilgan.

2024 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchi bo'lishga davogarlar qatoridan o'rin egalladi.

O'tkir Yusupov jahon chempionati saralashi doirasida KXDRga qarshi har ikkala o'yindan penaltini qaytarib, jamoasiga muhim g'alabalar taqdim etishga ulkan hissa qo'shgan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика