So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  3 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  11 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  3 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

"Xorazm" yangi mavsumda Superligada ishtirok etadimi? Yangiliklar

"Xorazm" yangi mavsumda Superligada ishtirok etadimi?

Superligada ishtirok etmasligi aniq bo'lgan Metallurg klubining o'rnini “Superliga va Proliga reglamenti” da ko'rsatilgan ketma-ketlik bo'yicha Olimpik klubi egallashi mumkin edi.

Mazkur masalani "Olimpik" 5 yanvar sanasiga qadar hal qilishi lozim edi. 

Yakuniga etgan mavsumni elitada 12-o'rinda yakunlab, keyinchalik pley-off bosqichida avvaliga "SHo'rtan", undan so'ng "Metallurg" bilan o'yinda mag'lub bo'lgan "Olimpik" 5 yanvar sanasiga qadar Superligadagi faoliyatini davom ettirish yuzasidan yuborilgan so'rovga javob qaytarmadi. SHundan kelib chiqib, reglament bo'yicha ketma-ketlikda chempionatning so'nggi ishtirokchisi bo'lish uchun "Xorazm" harakat qiladi.

Eshitdik-da! "Olimpik"ning taqdiriga oydinlik kiritildi  

So'nggi uch mavsumda klubda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilib kelgan "Xorazm", 2024 yilning yanvar-aprel holatiga ko'ra licenziyalash talablarini muvaffaqiyatli bajara oldi va o'z tarixida ilk bor OFK licenziyasini qo'lga kiritdi. SHundan kelib chiqqan holda PRO-Ligada 5-o'rinni egallagan klub emas, balki musobaqani 6-o'rinda yakunlagan "Xorazm" klubiga kerakli hujjatlarni topshirish uchun vaqt taqdim etiladi. PRO-Liganing dastlabki to'rt pog'onasidan joy olgan klublarning barchasi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan. 

Xorazm klubi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadion maydoni, uning drenaj va sug'orish tizimi, shuningdek, stadion yoritish tizimi Superliga talablariga javob bermaydi. SHundan kelib chiqib, "Xorazm" Superligada to'p tepish uchun kerakli hujjatlarni joriy yilning 21 yanvar sanasiga qadar Associaciya hamda Liga ro'yxatidan o'tkaza olsa, u holda klub o'z uy uchrashuvlarini Superliga talabiga javob beruvchi boshqa viloyatdagi stadionda o'tkazib turadi. Avvalroq "Surxon" klubi bilan ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. 

Associaciya va Liga rahbariyatining kecha — 6 yanvar kuni bo'lib o'tgan uchrashuvida "Xorazm" futbol klubiga qarashli futbol maydoni masalasi ham muhokama qilindi. Hudud bilan bog'liq ekologik holat va boshqa faktorlardan kelib chiqib, Nukus hamda Xorazm shaharlaridagi bosh stadionlarga FIFA talabiga javob beruvchi eng sifatli suniy qoplama o'tkazish masalasida fikr almashilindi. Tabiiy yoki gibrid maydonning mazkur hududlar uchun kafolati, shuningdek, uning parvarishi bilan bog'liq muammolar va albatta uning xarajati nuqtai nazaridan olib qaralsa, FIFA meyorlariga to'g'ri keluvchi sifatli suniy maydon nisbatan maqbulroq variant hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, Xorazmdagi stadion yuqorida sanab o'tilgan masalalarda o'zgarishlarni amalga oshirsa, u Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin bo'ladi. Unga qadar esa yuqorida qayd etilganidek, o'z uy uchrashuvlarini boshqa arenada o'tkazishiga to'g'ri keladi.  

Endilikda Xorazm Superligada ishtirok etish uchun 21 yanvar sanasidan kechikmagan holda Associaciya bilan kelishilgan va keyinchalik o'z homiy tashkiloti tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasini Liga ro'yxatidan o'tkazishi lozim. Klub mazkur muddatga qadar buning uddasidan chiqa olmasa, 22 yanvar kuni "Lokomotiv" futbol klubining Superligada ishtirok etish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Boisi, mazkur holatda "Lokomotiv" OFK licenziyasiga ega so'nggi klub hisoblanadi. 

Malumot uchun, "Xorazm" futbol klubi o'tgan yilning 28 noyabr kuni Associaciya 2025 yilgi xarajatlar smetasi loyihasini muhokama uchun taqdim etishi lozim edi. Endilikda klub mazkur loyihani Superliga uchun moslashtirishi va albatta homiy tashkilot tomonidan uni tasdiqlab ulgurishi talab etiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика