Azim Ahmedov: “Odil Ahmedov bu yilgi mavsumni “Navbahor”da boshlash ehtimoli mavjud edi”
22 may 2020 11:58
Yangiliklar
Azim Ahmedov: “Odil Ahmedov bu yilgi mavsumni “Navbahor”da boshlash ehtimoli mavjud edi”
Xabaringiz bo'lsa, 2020 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Odil Ahmedovning “Navbahor”ga kelishi va shartnoma imzolashi haqidagi gaplar paydo bo'lgandi.
Bu haqda futbolchi Azim Ahmedov “Tezkor Studiya”da batafsil malumot berib o'tdi.
“Odil Ahmedovning joriy mavsumni Namanganda boshlash ehtimoli yuqori edi. Agarda, “SHanxay-SIPG” jamoasi yangi shartnoma taklif qilmaganida hozirda “Navbahor”da jamoa sardori sifatida harakat qilayotgan bo'lardilar. Baribir ularni shunday niyatlari bor. Balki, keyingi yil o'ynashlari mumkin. Faoliyatlarini o'zimizning klubda tugatishni istaydilar. Nasib qilsa joy almashisharmiz. Odil akam kelsalar, men ketishim mumkin. Peshonaga yozilgani bo'ladi”,- deydi yarim himoyachi.
"Navbahor" yulduzlari ishtirokidagi "Tezkor Studiya"ni tomosha qiling:
Fikrlar