So’nggi yangiliklar

13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  3 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  11 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1 09:45«Барселона» собиқ футболчиси ярим йиллик Саудия Арабистонидаги фаолиятидан сўнг Европага қайтмоқчи  6 09:18Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод номи маълум  4 08:50ОКМК сафида албаниялик легионер кўрикдан ўтмоқда  2 08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  19 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  12 07:28Бугун Ўзбекистон ОТЖ олимпиададан олдин сўнгги назорат учрашувида майдонга тушади  18

Azar "Qirollik klubi"ga o'tdi. 2019/20 mavsumda yangi "Real"ni ko'ramiz Yangiliklar

Azar "Qirollik klubi"ga o'tdi. 2019/20 mavsumda yangi "Real"ni ko'ramiz

Teglar :  Eden Azar Real
Belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarning "Real"ga o'tishining asosiy jihatlariga to'xtaldik.

Uzoq davom etgan muzokaralar yakunlandi. Eden Azar "CHelsi" bilan xayrlashib, "Real"ga o'tdi. Bu transfer haqida ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi. "CHelsi" etakchisi "qaymoqranglilar" safida to'p tepish uning orzusi ekanligini yashirmagan. 7 iyun kuni kechasi "Real" Eden transferi haqida elon qildi.

Belgiyalik bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Futbolchini tanishtirish marosimi 13 iyun kun "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Avvaliga Azar tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.


Nega "Real"?

"Real" Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng mavsumni juda yomon o'tkazdi. Klub prezidenti Florentino Peres klub uchun foydali ish qilmadi. U Xulen Lopetegini tayinlab xatoga qo'l urdi, keyin Santyago Solari bilan vaziyatni o'nglashga urindi, yong'inni o'chirishga kech bo'lganda Zinedin Zidan jamoaga taklif qilindi. "Qaymoqranglilar" mavsumni 3 bahoga yakunlashdi.

Zinedin Zidan "Real"ga malum bir shartlar evaziga qaytdi. Ispan grandiga yangilanish kerak edi va Florentino Peres "soqqa" to'la karmonini chiqardi.


Eden Azar "Real"ning asosiy maqsadiga aylandi. Futbolchi Madrid klubiga o'tish bilan yashadi, Zinedin Zidan esa belgiyalikning kumiri. Azar buni bir necha bor tan olgan. "Men doimo Zidanga yuqori baho berganman. Uning qo'l ostida ishlash - orzuim. Kichkinaligimda Zidan mening kumirim bo'lgan . Uni juda hurmat qilaman".

Hammasi narsa ushbu transferga tayyor edi: "Real"ning kerakli mablag'ni to'lashga tayyorligi+futbolchining aynan "Real"ga o'tish istagi+"CHelsi" o'z etakchisini saqlab qola olmasligi.


Azar va Zidan o'rtasidagi "muhabbat" hazil emas

2010 yilda Zinedin Zidan Marca nashriga intervyu berib, Azar haqida quyidagi gaplarni aytgan:

"Azar - kelajak yulduzi. U kuchli futbolchi va bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi. Uni "Real" futbolchisiga aylantirgan bo'lardim".

Azarning javobi: "Zizu, rahmat, sizdek jahon futboli afsonasidan iliq so'zlar eshitish juda yoqimli".


"CHelsi" bundan mamnunmi?


Ingliz klubi o'z etakchisidan yaxshigina mablag' ishlab oladi. To'lovlar bo'yicha rasmiy malumot yo'q, ammo insaydlarga etibor bersak, transfer 140-150 mln. evro evaziga amalga oshgan deyish mumkin. Bu summaning uchdan ikkisi xaridga sarflanadigan mablag', qolgani bonuslar.

"CHelsi" menejeri Marina Granovskaya ushbu vaziyatdan maksimum foyda chiqardi. Eden Azarning "CHelsi" bilan shartnomasi 2019/20 mavsumda yakuniga etishi kerak edi. Belgiyalik futbolchi uni uzaytirishni istamadi. Ikkala tomon ham hammasini to'g'ri tushunib, o'zini munosib tutishdi. Futbolchini tekinga berib yuborish yaxshi fikr emas.


"G'am ila Eden bilan xayrlashyapmiz, u jamoada qolishini xohlaymiz. Biroq futbolchining qarorini hurmat qilamiz. U boshqa mamlakatda o'zini sinab ko'rmoqchi va bolaligidagi orzusiga erishmoqchi. Uning muvaffaqiyatlarini esdan chiqarmaymiz. Edendan minnatdormiz.

U klubda o'tkazgan vaqt davomida namunali professional bo'ldi. Kelajakda Azarni "Stemford Brijda" ko'rish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutamiz" - deydi "CHelsi" direktori.


"CHelsi"ning muammosi nimada?

London klubi ikki transfer oynasida xarid amalga oshira olmaydi. Biroq ular apellyaciya orqali vaziyatni o'nglashmoqchi. Ammo hammasiga tayyor bo'lish kerak. Etakchini yo'qotish doimo alamli.


Mauricio Sarrining "CHelsi"da qolishi aniq emas. Mish-mishlar uni "Yuventus" bilan bog'lamoqda. 2019/20 mavsumda "CHelsi" bilan nima bo'lishi nomalum.


Azar "CHelsi"ga nisbatan to'g'ri ish qildimi?

Ha. Futbolchining "Real"da o'ynash orzusini muxlislar va klub yaxshi bilardi. Eden Azar barcha uchrashuvlarda bor kuchini ishga solgan, bunga shubha yo'q. Angliya chempionatida "aristokratlar" uchinchi o'rinni egallashdi va CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Buning ustiga jamoa Evropa ligasi g'olibiga aylandi. Azar finalda dubl qayd etdi. 

SHaxsiy statistika bo'yicha bu Eden Azarning eng yaxshi mavsumi: 16ta gol va 15ta golli pas. So'nggi marta APLda 15 va undan ortiq gol hamda pas yig'a olgan futbolchi Terri Anri bo'lgan.


Eden Azar "CHelsi" muxlislari uchun tasirli xayrlashuv maktubini yozdi:

“CHelsi”dagi do'stlarim va oilamga! Siz endi mening “Real”ga o'tganimni bilasiz. Bolaligimda birinchi golimni urgan vaqtimdan beri shunday jamoada o'ynashni orzu qilganim hech kimga sir emas. Endi esa klublar ham kelishuvga erishdi. Faoliyatimda yangi bosqich boshlayotganimni tushunasiz degan umiddaman. “CHelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. 

“CHelsi”ga kelganimda atigi 21 yoshda edim. Bu erda ham futbolchi ham inson sifatida o'sishga erishdim. Sizlar mening Belgiya terma jamoasi sardoriga aylanishimda yordam berdingiz. Albatta, jamoa uchun ham shaxsan men uchun ham qiyin davrlar bo'ldi. O'yinimiz chiqmagan vaqtlarda ham, maydonda borimni berishga intildim. Bularning barchasi esa, albatta, sizlarning takrorlanmas qo'llab-quvvatlashingiz orqali sodir bo'ldi. Bu kurash ruhiyati va xohishi. Bu taslim bo'lmaslikka intilish. Bu “CHelsi” madaniyatining bir qismi.

Jamoadan ketishdan oldin, barchangizga ajoyib do'stona munosabat uchun tashakkur bildirmoqchiman. Ajoyib davrlarni birgalikda o'tkazdik. Mister Abramovich va jamoa rahbariyatiga ikki narsa uchun rahmat aytmoqchiman. Birinchisi — “CHelsi” o'yinchisi bo'lganim uchun, ikkinchisi esa “Real” azosiga aylanganim uchun. Hammaga omad tilayman, do'stlarim”,—deya yozadi Eden Azar.


Eden Azarning kelajagi

Belgiyalik yarim himoyachi "Real"da 7-raqamda o'ynaydi. Avval bu raqam Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan. Eden Azarni portugaliyalik dahoning ishini qilmaydi. Ularning uslubi boshqacha.

"Real" Zinedin Zidan qo'l ostida Marselo, Dani Karvaxal va Toni Kroos ijrosidagi qanotdan uzatmalarga tayanib o'ynaydi. Ronaldu esa uzatmalarni golga aylantirardi. Azarning ustun jihati - uning driblingi. Xavbek vaziyatni o'zi yakunlashdan ko'ra, so'nggi pasni berishni xush ko'radi. Zinedin Zidanning vazifasi belgiyalik uchun qulay uslub yaratish.


"Real"ning kelajagi

Madrid klubi transfer oynasida katta ish olib boryapti. Ispan klubi transferlarga 200 mln. evro sarflab bo'ldi: Eden Azar, Eder Militao, Luka Yovich va Rodrigo.


Endi navat Kristian Eriksen yoki Pol Pogbaga.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика