Azamat Allaniyozov Dinamo bilan shartnoma imzoladi
09 mar 2020 14:17
Yangiliklar


Azamat Allaniyozov Dinamo bilan shartnoma imzoladi
Samarqandning Dinamo jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida o'z tarkibini kuchaytirmoqda.
Jamoa o'z safini tajribali hujumchi Azamat Allaniyozov bilan to'ldirdi. 30 yoshli forvard o'tgan mavsumni Termizning «Surxon» klubida o'tkazgan edi. Allaniyozov Samarqand klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Malumot uchun, Azamat Allaniyozov 2010 yilda «Nasaf» safida Oliy ligada debyutini o'tkazib, «Qizilqum», «Buxoro», 2018 yilda «Navbahor», 2019 yilda esa «Surxon» safida to'p surdi. Uning hisobida Superligada jami 127 o'yinda 31ta gol mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar