Azamat Allaniyozov Dinamo bilan shartnoma imzoladi

Alisher
9 mar 2020, 14:17
Samarqandning Dinamo jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida o'z tarkibini kuchaytirmoqda.

Jamoa o'z safini tajribali hujumchi Azamat Allaniyozov bilan to'ldirdi. 30 yoshli forvard o'tgan mavsumni Termizning Surxon klubida o'tkazgan edi. Allaniyozov Samarqand klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumot uchun, Azamat Allaniyozov 2010 yilda Nasaf safida Oliy ligada debyutini o'tkazib, Qizilqum, Buxoro, 2018 yilda Navbahor, 2019 yilda esa Surxon safida to'p surdi. Uning hisobida Superligada jami 127 o'yinda 31ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz