Azamat Abduraimov: “So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng ketish haqida ariza yozgandim”
14 iyu 2014 21:20
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: “So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng ketish haqida ariza yozgandim”
“Bunyodkor” – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi ishtirok etdi.
"G'alaba bilan "Bunyodkor" jamoasini va Sergey Lushanni tabriklayman. Hamkasbimning kelajakdagi ishlariga omad tilayman”, - deb gap boshladi Abduraimov.
"Biz bugun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Meni xursand qilgani shuki, futbolchilarim o'yinni tashlab qo'yishgani yo'q. Nima bo'lganda ham "Bunyodkor" chempion jamoa hisoblanadi. Ular tarkibida bir qator malakali futbolchilar mavjud. Bugun aynan shu jihat ularni g'alabasini taminladi. Bizning asosiy kamchiligimiz standart vaziyatlardan foydalana olmayotganimiz. Jamoani keyinchalik kim boshqarishini bilmayman. Men "So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng ariza yozgandim. Lekin hozircha klub rahbarlari hech narsa deyishgani yo'q. Hamma aybni o'z buynimga olaman. Jamoa g'alaba qozona olmayotgani bosh aybdor murabbiy. Men jamoadan ketishga tayyorman”, - deydi Azamat Abduraimov.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.

Fikrlar