Ayollar o'rtasidagi Oliy Liga bahslari nomalum muddatga qoldirildi
11 iyu 2020 19:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580387_original.jpg)
![](/upload/storage/580387_220.jpg)
Ayollar o'rtasidagi Oliy Liga bahslari nomalum muddatga qoldirildi
Ayollar o'rtasidagi Oliy Liga uchrashuvlari pandemiya sharoiti bois, Respublika xududlarida joriy etilgan karantin cheklovlari tufayli nomalum muddatga qoldirildi.
Takidlash lozim, karantin cheklovlari elon qilingach, O'zPFLga Oliy Liga klublari murojaat bilan chiqishdi va hozirgi sharoitda klublarning mashg'ulot olib borishi, o'yinlarga borib kelishi bilan bog'liq muammolar tufayli, chempionat uchrashuvlarini qoldirishni so'rashdi.
O'zPFL vaziyatdan kelib chiqib, klublar bildirgan fikr va murojaatlarga asosan, chempionat uchrashuvlarini Respublika miqyosida karantin cheklovlari yumshatilguniga qadar to'xtatib turish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar