"Ayntraxt" uchinchi yosh ispaniyalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi
07 iyu 2021 11:23
Yangiliklar
"Ayntraxt" uchinchi yosh ispaniyalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi Enrike Errero Garsiyaning transferini elon qildi.
16 yoshli ispaniyalik futbolchi 4 yillik shartnoma imzoladi.
"Enrike - katta imkoniyatlarga va hayajonli istiqbolga ega o'yinchi. U bu erda o'sish va futboldagi ilk professional qadamlarini qo'yish imkoniyatiga ega bo'ladi", - deydi nemis klubi sport direktori Markus Kroshe.
Errero - "Ayntraxt" 2021 yilda shartnoma imzolagan uchinchi yosh ispaniyalik futbolchi. Oldinroq jamoaga 16 yoshli Ignasio Ferri va 17 yoshli Fabio Blanko o'tgan edi.
Fikrlar