"Ayaks"ning yangi hujumchisi libosiga onasining ismini yozishlarini so'radi
09 avg 2023 12:12
Yangiliklar
"Ayaks"ning yangi hujumchisi libosiga onasining ismini yozishlarini so'radi
"Manchester Siti" va Portugaliya U-19 terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Karlos Borjes bugun "Ayaks" bilan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, 19 yoshli portugaliyalik iqtidor Karlos Borxes yaqinda "Manchester Siti"dan "Ayaks"ga ko'chib o'tgani haqida xabar bergandik. Karlos yangi klubida futbolkasiga o'z ismi yoki familiyasi emas, onasining ismini yozishlarini so'ragan.
"Umid qilamanki, onam men bilan faxrlanadilar. Forbs - bu onamning ismi. Men buning barchasini volidam uchun qilyapman".
Eslatib o'tamiz, transfer summasi 17 million funtni tashkil qildi. "Manchester Siti" futbolchini qaytib sotib olish huquqini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar