So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

“Ayaks-95” yulduzlarini eslaymiz: Overmars, Zeedorf, Raykaard... Yangiliklar

“Ayaks-95” yulduzlarini eslaymiz: Overmars, Zeedorf, Raykaard...

Teglar :  ECHL Ayaks
UEFA chempionlar ligasining 1994-95 yilgi mavsum final uchrashuvi yodingizdami?

O'shanda Amsterdamning “Ayaks” klubi Fabio Kapelloning “Milan”i bilan to'qnashgan, o'yin taqdirini zahiradan maydonga tushgan 18 yoshli Patrik Klyuyvertning yagona goli hal qilgandi. O'sha mavsum amsterdamliklar sharafini himoya qilgan barcha futbolchilarning keyingi faoliyati muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Jamoaga ustozlik qilgan Lui van Gaal esa Evropaning top-murabbiylari qatoriga kirdi.

Marhamat, “Ayaks-95” yulduzlarini yana bir bor esga olamiz.

Edvin Van der Sar

Keyinchalik “Yuventus” va “Manchester Yunayted” postini qo'riqlagan darvozabon bugungi kunda “Ayaks” klubi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Klarens Zeedorf

Keyinchalik “Real”, “Inter” va “Milan”da o'ynagan futbolchi 2014 yilda (hozircha) o'ta muvaffaqiyatsiz chiqayotgan murabbiylik faoliyatiga start bergandi. Klarens ayni damda ¬– ishsiz. U so'nggi bor Kamerun MTJni (2018-19) boshqargandi.

Frank Raykaard

Yuqorida eslaganimiz “Vena finali”dan keyin faroiyatini yakunlagan Raykard darhol murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi. U Niderlandiya terma jamoasi (1998-2000), “Barselona” (2003-08) va Saudiya Arabistoni milliy jamoalarini (2011-13) boshqarishga ulgurgan.

Mikael Reyziger

“Milan” va “Barselona”da ham o'ynashga ulgurgan Reyziger ayni paytda “Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xagning asistenti hisoblanadi.

Mark Overmars

Overmars “Arsenal” va “Barselona”da ham muvaffaqiyatli to'p tepgandi. U hozir “Ayaks”ning sport direktori hisoblanadi.

Yari Litmanen

“Barselona” va “Liverpul”da ham o'ynashga ulgurgan futbolchi faoliyatini yakunlagach, finlandiyadagi telekanallardan birida sport eksperti sifatida ishlay boshladi.

Patrik Klyuyvert

“Milan” va “Barsa”da o'ynadi. Ayni damda “Barselona” akademiyasini boshqaryapti. Patrikning farzandi Jastin Klyuyvert “Rim”ning “Roma”sida to'p tepayotganidan xabaringiz bor.

Nvankvo Kanu

“Ayaks”dan keyin “Inter” va “Arsenal”da o'ynagan futbolchi bugungi kunda Nigeriyaning “Sports TV” telekanalining xo'jayini hisoblanadi.

Finidi Jorj

O'sha tarkibda 7 raqamiga egalik qilgan Jorj “Ayaks”dan keyin 5 yil davomida “Betis” uchun to'p tepdi. Bugungi kunda Malorkada istiqomat qiladi.

Edgar Davids

Edgar Amsterdamdan ketib, “Inter”, “Milan” va “Yuventus” klublarida o'ynashga ulgurgan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi.

Vinston Bogard

“Milan”, “Barselona” va “CHelsi”da ham faoliyat olib bordi. Ayni paytda “Ayaks”ning yoshlar jamoasini shug'ullantiradi.

Danni Blind

O'sha jamoaning sardori hisoblangan Danni (Deyli Blindning otasi) faoliyatini “Ayaks”da yakunladi. Niderlandiya terma jamoasi va “Ayaks”da murabbiy sifatida ishlash baxtiga ham sazovor bo'lgan.  

Frank va Ronald De Bur

Aka-ukalar “Barselona”da ham birga o'ynadi. Faoliyatini yakunlagach, Frank bir muddat “Ayaks”ni boshqargan bo'lsa, Ronald klubning yoshlar jamoasida ishladi.

Lui Van Gaal

Yuqorida takidlanganidek, Van Gaal top darajaga chiqdi va “Barselona”, “Bavariya”, MYU, Niderlandiya terma jamoasida ishladi.

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика