So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  13 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Avvaliga Qatarda JCHni yozda o'tkazishni xohlashgan edi. Bu uchun hatto suniy bulutlarni ham ishlab chiqishgan Yangiliklar

Avvaliga Qatarda JCHni yozda o'tkazishni xohlashgan edi. Bu uchun hatto suniy bulutlarni ham ishlab chiqishgan

Ammo, uni sovutish tizimi bilan almashtirishdi.

Qatardagi JCH-2022 hali boshlanmadi, ammo o'zgacha bo'lishga ulgurdi: oldingi musobaqalar yozda o'tkazilgandi, bunisi esa kuz va qishda.

Sababi oddiy: yozda mamlakat juda ham issiq bo'ladi. O'rtacha harorat +40 darajada va hatto +50da saqlanib turadi. Albatta, bunday havoda o'ynash imkonsiz.


Doxada 2019 yilning sentyabrida o'tkazilgan engil atletika bo'yicha JCH


Qatar turnirni yozda o'tkazish uchun nimadir qildi-mi?


Mahalliy olimlar suniy bulutlar ishlab chiqishni xohlashgandi. Bittasining narxi – 500 ming dollar


Qatar 2010 yilning dekabrida Jahon kubogini qo'lga kiritdi, Ilmiy-texnologik park olimlari esa 2011 yilning martidayoq stadionlar va mashg'ulotlar bazalari ustida soya hosil qiladigan suniy bulutlarni yaratishga vada berishdi. 

Qatar universiteti muhandislik fakulteti rahbari Saud Abdul Gani loyihani tushuntirdi: uning so'zlariga ko'ra, ular geliy bilan to'lirilgan ulkan mato konvertini olib o'tadigan engil uglevod konstrukciyasidan bulutlar yaratmoqchi bo'lishgan. Ularni quyosh energiyasi orqali ishlaydigan to'rtta dvigatel yordamida masofadan boshqarmoqchi bo'lishgan.



Mana u qanday ko'rinishi kerak edi.




Saud Abdul Gani shunday bitta bulutning narxini 500 ming dollarga baholagan.

Qatar shuningdek stadionlarni kondicioner tizimlari bilan jihozlashga vada bergan, shu sabab turnirni qishda o'tkazish masalasi ko'rib ham chiqilmagan. FIFAning o'sha paytdagi prezidenti Yozef Blatter: "2022 yilgi JCH vaqtini o'zgartirish bo'yicha har qanday o'zgarishlar Qatar futbol associaciyasi tashabbusi amalga oshirilishi va FIFAga taqdim etilishi kerak. Hozirda taqvimni o'zgartirish bo'yicha aniq rejalar yo'q" degandi.


Bulutlar o'rniga inqilobiy sovutish tizimini o'ylab topishdi. Endi u fermer xo'jaliklarida ham qo'llaniladi


Suniy bulutlar g'oyasi yo'q bo'lib ketmadi (qimmat va qiyin), ammo qatarlik olimlar taslim bo'lishmadi va stadionlar ichida maxsus sovutish tizimini o'ylab topishdi. FIFA sayti uni bo'lajak turnirdagi eng katta muvaffaqiyatlardan deb atadi. Uni ilk bor 2017 yilda Doxadagi "Xalifa" xalqaro stadionida sinab ko'rishgandi, shundan so'ng u yana oltita joyda, jumladan futbol stadionlarida ham paydo bo'ldi.

Noyabr oyida Qatarda ob-havo +30 bo'ladi, sovutish tizimi esa stadionlardagi haroratni +18dan +24gacha ushlab turadi. Qatar kelajakda kerak bo'lsa yil davomida turnirlar va koncertlar o'tkazishi mumkin.

Tizim suniy bulutlarni ixtiro qilmoqchi bo'lgan o'sha Qatar universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Bu erda yana Saud Abdul Gani muhim rol o'ynadi. U o'z dissertaciyasini yozish paytida shunga o'xshash loyihalar bilan shug'ullangan: "Mening doktorlik dissertaciyam mashinalardagi havoni konditcionerlash bo'yicha edi va biz stadionlarimiz uchun xuddi shu nazariyadan foydalandik, ammo, albatta kengroq miqyosda.



Tizim endilikda "974 stadioni"dan boshqa Qatarning sakkiztadan ettita o'yingohida o'rnatildi – qolgan bittasi to'liq yig'iladi va unda tabiiy ventilyaciya ishlaydi.

Sovutish tizimini suniy bulutlar kabi 2011 yilda o'ylab topishgan: Qatar quyosh panellari uchun mo'ljallangan elektr energiyasi va suvni +6 haroratgacha sovutish loyihasini namoyish etdi.

Sovuq havo stadionga maxsus materialdan tayyorlangan o'rindiqlar orqali kirishi kerak. Stadion tomlari maydonning katta qismi va tribunalarning katta qismiga soya tushishi uchun rejalashtirilgan.

Vaqt o'tishi bilan yangi obektlar bo'yicha ko'proq malumotlar chiqa boshladi. 2013 yilda tizimning ishlashini 9ta quyosh elektr stanciyasi taminlaydi: bitta markaziy va JCHdagi har bir stadionda bittadan. Ammo, loyiha texnologik nuqtai nazardan hali ham yaxshilanishga muhtoj edi.

Stadionga issiq havo kirmasligiga ishonch hosil qilish uchun Qatarda ko'plab 3D modellar qurildi. Havo harakatining yo'nalishi tutun va lazer nurlari yordamida aniqlandi – bu stadionlarning yuqoridagi ochiqligining o'lchamini aniqlashga va ularga issiq havo kirib kelishiga to'sqinlik qiluvchi shakl berishga yordam berdi.

Har bir detal, hatto rang ham muhim. Arxitekturadagi eng katta media bo'lish Arch Daily El Xauradagi "El Bayt" stadioni qanday yangilanganini taqdim etdi: avvaliga uning qorong'i fasadi yorug'iga almashtirildi va arena ichidagi harorat 5 gradusga tushdi.



JCH paytidagi sotuvish tizimining bazi xususiyatlari: 

• Kiruvchi quyosh energiyasi yordamida havo tribunalardagi maxsus panjaralar sabab sovutiladi.

• Tizim issiqlik izolyaciyasi va nuqtali sovutish texnologiyalaridan foydalanadi, bu esa bir vaqtning o'zida atrof-muhitga bo'lgan tasirni kamaytiradi.

• Tizimning radiusi keng maydonni qamrab oladi: maydondan tortib eng yuqoridagi o'rindiqlardan ikki metr balandlikkacha.



Saud Abdul G'ani nuqtali sovutish tizimining qanday ishlashini tushuntirib berdi: "Bu degani biz faqatgina maydon va tribunalar kabi insonlarga kerak bo'lgan joylarni sovutamiz. Bizning havo aylantirish texnologiyalarimiz havoni sovutadi, filtrlaydi va albatta o'yinchi va muxlislarga yo'naltiradi. Har bir stadion 20 daraja atrofidagi qulay haroratgacha sovutiladi.

Ushbu texnologiya ochiq hududlardagi transformaciyalarda katta imkoniyatlarga ega. Ushbu tizim fermer xo'jaliklarida ham joriy etilgan bo'lib, yozning jazirama kunlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishning samarali usullarini ishlab chiqdik. Qatarda texnologiya oziq-ovqat sanoati xavfsizligi taminlanayotganini ko'rganimda, bu meni juda ham faxrlantiradi".

Uning so'zlariga ko'ra, bu tizim boshqalaridan 40 foizga ko'proq ekologik toza. Stadionlar o'yindan ikki soat oldin sovutiladi, bu esa elektr energiyasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu sovuq havo tozalangan holda etkazib beriladi – u stadionga tushishdan oldin ikki marta filtr qilinadi.



Endi Saul Abdul Gani Qatar texnogoliyasi butun dunyo bo'ylab foydalanishi mumkinligini orzu qiladi. U "Bu issiq iqlimi bo'lgan mamlakatlar uchun ehtimoliy burilish nuqtasidir" deydi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика