So’nggi yangiliklar

07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  32 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  108 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston – juda kuchli raqib" Yangiliklar

Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston – juda kuchli raqib"

U-23 Osiyo chempionati 3-o'rin uchun uchrashuvida Avstraliya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

O'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida avstraliyaliklar ustozi Grem Arnold quyidagicha fikr bildirdi:

- Yigitlar chorak final hamda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim final o'yinidan keyin tiklanib ulgurishdi. Jamoamiz ham ruhan, ham jismonan yaxshi holatda, deya olaman. Biz oldindagi o'yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O'zbekiston – juda kuchli raqib.

Biz yana bittagina o'yinni yaxshi darajada o'tkazishimiz kerak. SHuning o'zi ham Olimpiada chiqish uchun etarli bo'ladi.

Biz o'yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To'p bizda bo'lgan holatlar uchun va yana to'psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo'yicha hozirlik ko'rdik. O'zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz.

Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi murabbiy.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика