Avstraliya TJ ustozi mamlakat bosh vaziriga murojaat qildi
14 iyu 2022 09:00
Yangiliklar
Avstraliya TJ ustozi mamlakat bosh vaziriga murojaat qildi
JCH-2022 saralashining qitalararo pley-offida Avstraliya penaltilar seriyasida Peruni engib, mundialning 31-ishtirokchisiga aylandi.
Mazkur g'alabadan keyin avstraliyaliklar ustozi Grem Arnold o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yigitlar bu erga etib kelishlari uchun nimalarni boshdan kechirganini hech kim bilmaydi. Bu juda og'ir bo'ldi va butun jamoa borini bergani aql bovar qilmas holat. Jahon chempionatiga chiqish uchun saralashdan o'rin olgan 20 ta o'yinda qatnashishimizga to'g'ri keldi, ulardan 16 tasi mehmonda bo'lib o'tdi. Qiyin bo'ldi, ammo uddaladik. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanezedan bu voqeani nishonlash uchun barchaga dam olish kuni berishga chaqirdim, chunki bu tarixdagi eng yorqin yutuqlardan biridir”, deydi Arnold.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya “D” guruhida Daniya, Franciya va Tunis bilan bahs olib boradi.
Fikrlar