So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  0 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

Avazbek O'lmasaliev: "Natijani qishda sarhisob qilamiz. Bor etiborimiz maqsadimizga qaratilgan" Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Natijani qishda sarhisob qilamiz. Bor etiborimiz maqsadimizga qaratilgan"

OKMK himoyachisi Avazbek O'lmasaliev "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvdan so'ng uning fikrlarini tingladik.

"G'alaba bilan barchani tabriklayman. O'yin qiyin kechishi malum edi. Superligada oson yo'q. "Dinamo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng muxlislarimizni xursand qilishimiz kerakligini his qilib turgandik. Oldimizga qo'yilgan oliy maqsadimizga erishmoqchi bo'lsak bunday o'yinlarni boy bermasligimiz shart. CHempion bo'lishni istayotgan jamoa raqib tanlamasligi va hamma o'yinni yutishi kerak. 

O'yindan oldin yigitlarga gol urishimni aytgandim. Buni sezgan edim. Sobiq jamoamga gol urganimdan so'ng uzr so'rashni o'ylagandim. Lekin futbolda hissiyotlar bo'lib turadi. "Bunyodkor"da shuncha yil o'ynaganman, hurmat qilaman. 

Hali oldinda o'yinlar ko'p. Oldindan hech narsa deb bo'lmaydi. Hozir bor etiborni oldimizga qo'yilgan maqsadga qaratgan holda natijani qishda sarhisob qilamiz",- deydi Avazbek O'lmasaliev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика