"Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Arda Turan hozir qaerda?
12 iyu 2021 15:52
Yangiliklar
"Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan Arda Turan hozir qaerda?
SHundan keyin qatorasiga 2 mavsum Turkiya Superligasida yil o'yinchisi va eng yaxshi assistentga aylangan futbolchi 2011 yilning yozida "Galatasaroy"dan Madridning "Atletiko" klubiga ko'chib o'tdi (13 mln evro evaziga).
"Matraschilar" sharafini 2015 yilga qadar himoya qilgan Turan Madrid klubi uchun 178 uchrashuvda maydonga tushib, 22 gol va 32 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
SHundan keyin ECHLning amaldagi g'olibi (o'sha paytda) "Barselona"ga transfer qilindi. Katalon jamoasi turkiyalik xavbek uchun 34 mln evro to'lagan edi.
2018 yilda o'z vataniga qaytgan Arda ko'proq maydondagi harakatlari emas, uning tashqarisidagi janjallari bilan esda qola boshladi. U ayni paytda Istanbulning "Galatasaroy" klubida to'p tepmoqda.
Malumot uchun, Arda Turan Turkiya Superligasining yakuniga etgan mavsumida 32 uchrashuv o'tkazib, 4 ta golga mualliflik qilishni uddalagan.
Fikrlar