"Atletiko"da koronavirusga chalingan o'yinchilar kimligi malum bo'ldi
10 avg 2020 17:39
Yangiliklar
"Atletiko"da koronavirusga chalingan o'yinchilar kimligi malum bo'ldi
"Atletiko" jamoadagi ikki o'yinchining koronavirus uchun topshirgan testlari ijobiy chiqqani borasida bayonot berdi.
Kasallik himoyachi SHime Vrsalko va yarim himoyachi Anxel Korreada aniqlangan. Ikkala o'yinchida ham simptomlar yo'q. SHunga qaramay ular o'zlarini izolyaciya qilishgan.
Boshqa barcha futbolchilarning, jumladan ularning oila azolari topshirgan testlarida ham manfiy natija chiqqan.
"Atletiko" bugun mashg'ulotlarni davom ettiradi va ertaga CHempionlar Ligasi 1/4 final doirasidagi 13 avgustda bo'lib o'tadigan "Leypcig"ga qarshi o'yin uchun Lissabonga uchib ketadi.
Fikrlar