"Atletiko" Slovakiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishi mumkin
24 iyu 2024 12:26
Yangiliklar
"Atletiko" Slovakiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishi mumkin
Ispaniyaning top-klubi futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
"Feyenoord" klubi va Slovakiya terma jamoasi himoyachisi David Gancko Madridning "Atletiko" jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.
"Marca" xabariga ko'ra, ispan klubi futbolchini mavsumoldi yig'inga qadar safiga qo'shib olmoqchi.
Gancko 2022 yildan beri "Feyenoord"da o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar